Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy siyosat, er-suv islohotlari. Yangi iqtisodiy siyosat
- 1921 yil mart da RKP(b) X sezdi belgilab bergan Yangi iqtisodiy siyosat
O`zSSR 1925 yil 13 mayda SSSR (Ittifoq) tarkibiga kiritildi. SSSR
Konstitusiyasi O`zSSRda bevosita ishlaydigan bo`ldi. O`zSSRning 1927 yil qabul qilindi 1-Konstitusiyasi va 1937 yil qabul qilingan 2-Konstitusiyasi amalda SSSR Konstitusiyasining ko`chirma nusxasi edi. O`zbekiston qog’ozdagi “suveren” respublika bo`lib, amalda Markazga tobe va qaram bir o`lka edi. Ichki va tashqi siyosatni, ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini Markaz hal qilgan. O`zbekistonning roziligini so`ramasdan Tojikston ASSR O`zbekiston tarkibidan chiqarilib 1929 yil Tojikiston SSRga aylantirildi va SSSRga qabul qilindi. O`zbekiston SSR amalda Markazga to`la bo`ysunuvchi, arzon xomashyo mahsulotlari etkazib beruvchi bir o`lka bo`lib qolaverdi. 370 Iqtisodiy siyosat, er-suv islohotlari. Yangi iqtisodiy siyosat (YaIS). XX asrning 20-yillari boshlarida Turkiston o`lkasi hayoti nochor ahvolda bo`lib, birinchi jahon urushi asoratlari, sovet tuzimining zo`rlik siyosati ko`zga tashlanib turardi. Sovet tuzimini saqlab qolish maqsadida amalga oshirilgan favqulodda siyosati: oziq-ovqat razvyorstkasi va harbiy kommunizm siyosati (1918-1920) ham o`lka hayotini mushkul ahvolga solib qo`ydi. O`lkadagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatning murakkablashishiga favqulodda siyosat aholining bor-budini tortib olib, uning erkini cheklab, savdo, bozor munosabatlariga izn bermay qo`yishi sabab bo`ldi. Vaziyat sovet hokimiyati oldiga ahvolni o`nglash, tang vaziyatdan chiqish va xo`jalik siyosatining yangi vazifalarini belgilashni ko`ndalang qilib qo`ydi. Mamlakat fuqarolar urushidan keyin (1918-1920) tinch xo`jalik yuritish pallasiga kirgan ekan iqtisodiy siyosatning davr talabiga javob beradigan yangi yo`nalishlarini ishlab chiqishi zarurat bo`lib qoldi. Bu vazifalar 1921 yil martda RKP(b) X sezdi belgilab bergan Yangi iqtisodiy siyosat (YaIS)da o`z ifodasini topdi. YaIS ning muhim bo`g’inlari: oziq-ovqat razvyorstkasini oziq-ovqat solig’i bilan almashtirish, savdoni erkinlashtirish, sanoat, xizmat ko`rsatish va mayda hunarmandchilik sohalarida xususiy tadbirkorlikka ruxsat etish, bozorni tartibga solish, ijaraga olish va yollanma mehnatning cheklanishini bekor qilishdan iborat bo`ldi. YaIS shahar bilan qishloq o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni izga solishga, yangi hokimiyatning tayanch negizi hisoblangan ishchilar bilan dehqonlar sinfi o`rtasidagi ittifoqni, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilardi. YaISning bosh maqsadlaridan biri – bu dehqon xo`jaligini rivojlantirish edi. Chunki busiz sanoatni ham, xalq xo`jaligining boshqa sohalarini ham yuksaltirib, etarli xomashyo bazasini yaratib bo`lmasdi. Oziq-ovqat solig’i talabiga ko`ra ekish mavsumi oldidan davlat bilan yakka dehqon xo`jaligi o`rtasida alohida shartnoma tuziladigan bo`ldi. Bu shartnoma yil oxirigacha, ya’ni hosil olgunga qadar 371 o`zgarmas edi. Bu esa dehqonlarni erdan ko`proq hosil olish uchun astoydil mehnat qilishga undardi. Endilikda dehqonning ortiqcha g’allasi tortib olinmaydigan bo`ldi va dehqonga o`zi etishtirgan ortiqcha mahsulotni bozorda erkin sotish huquqi berildi. Ortiqcha mahsulot deganda - dehqonning davlat buyurtma rejasida belgilangan hajmdagi mahsulotni topshirgandan keyin ortib qolgan qismi tushuniladi. Ma’lum cheklashlar asosida ayrim sanoat korxonalari avvalgi sobiq egalariga qaytarib berildi; shuningdek narx-navo tartibga solindi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling