363
Rossiyasiga bog’liq bo`lib qoldi. Qo`shni
mamlakatlar yoki Turkiya, Germaniya
bilan diplomatik va savdo aloqalari o`rnatishiga izn berilmadi. Markazdan
S.Orjonikidze, Sh.Eliava, Y.Peters kabi nufuzli
emissarlar Buxoroga tez-tez
yuborilib Buxoro hukumatini taftish qilib turdi.
RKP(b) MQ 1922 yil mayda “Turkiston-Buxoro ishlari haqida” qaror qabul
qildi. Unda O`rta Osiyoda, xususan Buxoroda sosialistik tuzumni mustahkamlash
qat’iy uqtirilgan edi. RKP(b) MQning 1923 yil 12 iyunda qabul qilgan Buxoro
masalasiga doir maxsus qarori ham BXSRning ichki ishlariga qo`pollik
bilan
aralashish edi. Unda Buxoroning rivojlanish jarayonini “sosialistik iz”ga burib
yuborish maqsadi ko`zda tutildi.
Moskvaning talabi bilan Fitrat, M.Aminov, O.Xujaev, S.Xo`jaev,
R.YUsufzoda respublika hukumatidan chetlatildi.
BXSRning asosiy rahbar
tashkiloti – BKP RKP(b) MQning viloyat tashkiloti maqomida faoliyat yuritishga
majbur edi. 1922 yil Qizil armiyaning 40 ming kishilik tarkibida buxoroliklar atigi
500 kishini tashkil etardi, xolos.
RSFSR
Konstitusiyasi
andozasida
tuzilgan
Buxoro
Respublikasi
Konstitusiyasi 1921 yil sentyabrda qabul qilindi. Markaz tashabbusi bilan 1923 yil
martda
O`rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining tuzilishi va unga Buxoroning ham jalb
qilinishi Buxoroning iqtisodiy mustaqilligi qo`ldan boy berilishiga sabab bo`ldi.
1923 yil qabul qilingan BXSR Konstitusiyasiga binoan mulkdorlar, savdogarlar,
ruhoniylar saylov huquqidan mahrum etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: