Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarqand
- Fayzulla Xo`jaev
O`zbekiston SSR Sovetlarining ta’sis qurultoyiga qadar O`zbekiston SSRda
butun hokimiyat Muvaqqat Inqilobiy qo`mita ixtiyoriga berildi. O`zSSR Inqilobiy qo`mitasi raisi etib Buxoro Respublikasi hukumati raisi F.Xo`jaev tasdiqlandi. Inqilobiy qo`mita 1924 yil 5 dekabrda O`zbekiston SSR (O`zSSR) tuzilganligini ma’lum qildi. Shuningdek uning tarkibida Tojikiston ASSR kirganligini ma’lum qildi. Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalariga tegishli boyliklar yangi milliy respublikalar o`rtasida qayta taqsimlandi. Milliy chegaralanish bilan bir vaqtda iqtisodiy bo`linish ham o`tkazilib, uni O`rta Osiyo tugatish komissiyasi amalga oshirdi. Milliy chegaralanish natijasida O`zbekiston SSR (O`zSSR) tashkil etilib, uning tarkibiga: Turkiston ASSRdan 9 ta uezd, 133 tuman, 7 qishloq okrugi; Buxoro respublikasining 9 ta viloyati; Xorazm respublikasining 23 ta tumani kiritildi. O`zbekiston SSR tuzilgan paytda hududi 312394 km. kv., aholisi 369 4.447055 kishi (1926) bo`lib, 74,2 %i o`zbeklar edi. O`zbekiston SSRning poytaxti etib 1925 yil aprelda Samarqand belgilandi. 1930 yil oxirida poytaxt Toshkentga ko`chirildi. «O`zbekiston Sovet Sosialistik Respublikasi (O`zSSR) tuzilgani to`g’risida Deklarasiya» 1925 yil 13 fevralda Buxorodagi Xalq uyida Umumo`zbek Sovetlarining 1-quriltoyida qabul qilindi. Bu qurultoyda Farg’onalik dehqon «Qo`shchi» uyushmasi rahbarlaridan biri Yo`ldosh Oxunboboev O`zSSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo`mitasi (O`zSSR MIQ) Raisi lavozimiga saylandi. O`zbekiston SSR hukumati – Xalq Komissarlari Kengashi (Soveti) Raisi lavozimiga Fayzulla Xo`jaev tasdiqlandi. Milliy chegaralanish davrida O`rta Osiyoda faoliyat ko`rsatib kelgan Turkiston, Buxoro va Xorazm Kommunistik Partiyalari, komsomol, xo`jalik tashkilotlari va kasaba uyushmalari qayta tashkil etildi. O`zbekiston Kommunistik (bolsheviklar) Partiyasi (O`zSSR KP) tashkiliy jihatdan O`zbekiston Kompartiyasining 1925 yil 6-12 fevralda Buxoroda bo`lgan 1-ta’sis s’ezdida rasmiylashdi. Uning Markaziy Qo`mitasi (MQ) saylandi. O`zSSR KP MQning mas’ul kotiblari etib V.Ivanov va Akmal Ikromov (1927 yildan birinchi kotib) saylandi. 1925 yil tuzilgan O`zbekiston komsomoli (O`zLKSM), respublika kasaba uyushmalari, uning rahbar organlari Markaz va Sovet hokimiyatining O`zbekistonda tayanch organlari bo`lib qoldi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling