Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Partiya va sovet hukumati Turkistonda YaIS sinfiy kurashning
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Er-suv islohati.
- Turkistonda er-suv islohati
Partiya va sovet hukumati Turkistonda YaIS sinfiy kurashning keskinlashuviga olib kelmoqda, boylar, burjuaziya qoldiqlari, yirik savdogarlar, musulmon ruhoniylari va boshqa ekspluatator unsurlar jonlanmoqda deb, ularga qarshi mafkuraviy tashviqot va targ’ibotni kuchaytirdi. Bu hol o`lkada YaIS yo`lidan chekinishga olib kelib, dehqonga berilgan imtiyozlar qaytarib olindi. Ular qishloq xo`jalik artellariga birlashtirildi. 20-yillarning oxiriga kelib Ittifoq va O`zbekistonda ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruvi tizimining kuchayishi natijasida YaIS o`z mazmun-mohiyatini yo`qota bordi. Er-suv islohati. Turkiston xalqlari uchun er-suv, undan foydalanish masalasi favqulodda ahamiyat kasb etardi; aholining ancha qismi ersiz bo`lib boylar, yirik zamindorlar mulkida chorakorlik qilar edi. Chor Rossiyasi bosqinidan so`ng unumdor erlar Rossiyadan kelganlarga majburan olib berildi. Turkiston qishlg’idagi bu siyosat ersiz, batrak dehqonlar ahvolini tanglashtirib yuborgan edi. Mahalliy aholi sovet hokimiyatining “Er – dehqonlarga” degan va’dalariga, uning er to`g’risidagi dekretining amalga oshuviga umid qilib kelayotgan edi. Sovet hokimiyatining “Er to`g’risida”gi dekreti 1917 yil 25 oktyabrda qabul qilingan edi. Unda kambag’al, batrak, ersiz dehqonlarni er bilan ta’minlash, yirik er-mulklarni musodara qilish va milliylashtirish vazifalari e’lon qilingan edi. Sovetlarning er-suv islohati masalasida tutgan siyosatining pirovard maqsadi yirik 373 xususiy er-mulklarni musodara qilish, milliylashtirish orqali ularni tugatib, jamoalarga berib, yirik jamoalashgan sosialistik xo`jaliklarni qaror toptirish edi. Turkistonda er-suv islohati masalasi 1920 yil sentyabrda Turkiston Sovetlarining XI sezdida ko`rib chiqildi. Unga ko`ra boylar qo`lidagi katta erlarni musodara qilish, evropaliklar bilan erli xalqlar o`rtasida er-suv masalasida tengsizlikka barham berish, mehnatkashlarni sovetlar tevaragida jipslashtirish vazifalari zarur deb topildi. Er ishlari xalq komissarligi rejasiga ko`ra tortib olingan erlar kam erli va ersiz mahalliy batrak va dehqonlarga bo`lib berilishi aytilgan edi. Bu jarayon boy xo`jaliklarga ma’muriy choralar va tazyiq o`tkazish yo`li bilan olib borildi. Bu tadbirlarga batrak-dehqonlar ham jalb qilindi. Qishloq va ovullarning ersiz, kambag’al qismini birlashtiruvchi «Qo`shchi» uyushmalari tuzildi. Bu uyushmalar kommunistlarning dehqonlar orasidagi tayanchiga aylandi. Turkiston ASSRda 1921 yil davomida tuzilgan “Qo`shchi” uyushmalari 160 ming a’zolarni birlashtirgan edi. 1921 yil dekabrda Toshkentda bo`lgan “Qo`shchi” uyushmalarining 1-respublika qurultoyida “bu uyushmalar mehnatkashlarni sovetlar yordamida xo`jalik qurilishiga tortish vositasidir” deyildi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling