Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Er-suv islohatining birinchi bosqichi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Er-suv islohatining birinchi bosqichi Turkistonda 1921-1922 yy. 
O`tkazildi. 1-bosqich yirik er-suv egalariga qarshi keskin kurash shiori ostida 
o`tkazildi. Samarqand viloyatida 350 ta katta er egalaridan 13 ming desyatina erlar 
tortib olindi. Respublika bo`yicha boy va o`ziga to`q aholidan 1,7 mln. desyatina er 
tortib olindi. Ularning 117 ming desyatinasi ersizlarga va kambag’allarga berildi, 
qolgan katta qismi asosida “Qo`shchi” uyushmalari tuzildi. Bu sovet 
hokimiyatining kambag’allarni o`z tomoniga og’dirib olishga qaratilgan harakati 
edi. O`rtahol dehqon xo`jaliklari saqlab qolindi.
Er-suv 
islohatining 
1-bosqichi 
yakunida 
dehqon 
xo`jaliklarini 
jamoalashtirish uchun zamin yaratildi. Endilikda mehnatkash xalqni yagona yo`l 
– jamoa xo`jaliklariga majburan birlashish masalasi ko`ndalang bo`lib turardi. Bu 
aslida oddiy xalqni aldashdan boshqa narsa emas edi. Chunki er dehqonga 


374 
berilmadi, balki bir mulk shaklidan ikkinchi mulk shakliga aylantirildi, xolos. Erga 
xususiy mulkchilik tugatilgan bo`lsada, u jamoa (aslida davlat) mulki bo`lib qoldi.
Er-suv islohatining 2-bosqichi. O`zSSR tuzilgan paytda ham respublikada 
sovetchasiga agrar siyosatni amalga oshirish to`la hal etilmagan edi. 1925 yil 
boshida Farg’onada ersiz dehqonlar 3,4 % ni, 3 desyatinagacha eri bor xo`jaliklar 
83,1 % ni; Samarqandda bu ko`rsatgich mos ravishda 2,1 va 51,5 % ga teng edi. 
Toshkentda ersiz dehqonlar 12,5 % ni tashkil etardi. Asosiy paxtakor viloyat va 
tumanlarda erning katta qismi o`rtahol dehqonlar qo`lida to`plangan edi. Ular 
paxta, g’alla va boshqa mahsulotlarning asosiy qismini etkazib berar edi. 
Kambag’al dehqonlar o`rtahol dehqonlardan ijaraga olib ishlashardi.
1925 yil noyabrda O`zbekiston Kommunistik Partiyasining (O`zKP) II 
sezdida bu hol feodal munosabatlarning qoldig’i deb baholandi. Unda xususiy 
mulkchilikni sosialistik iqtisodiyotga bo`ysundirilishi ta’kidlandi. O`zKP(b) 
Markaziy Qo`mitasi Ijroiya byurosida, viloyat, shahar, tuman partiya va sovet 
tashkilotlarida er-suv islohatining 2-bosqichini o`tkazish masalasi bir necha bor 
muhokama qilindi. Er-mulklarni qaytadan ro`yxatdan o`tkazish birinchi navbatda 
asosiy dehqonchilik muzofotlari hisoblangan Toshkent, Farg’ona, Samarqand 
viloyatlarida boshlandi.
Er-suv islohatining mazmuni dastavval: 1) qishloqda ishlab chiqaruvchi 
kuchlarni rivojlantirishga bo`lgan to`siqlarni olib tashlash; 2) er va suv manbalarini 
tezroq milliylashtirish; 3) mehnat qilmay boshqalar hisobiga yashaydiganlar 
erlarini tortib olish; 4) yangi tashkil etilayotgan xo`jaliklarga yordam berish 
muammolarni hal etishga qaratildi. Bu aslida qishloqda YaISdan chekinish bo`lib, 
O`zSSR Er ishlari xalq komissari I.Xidiraliev va boshqalar O`zKP MQ va O`rta 
Osiyo byurosiga murojaat qilib, er-suv islohati mahalliy xalqning turmush tarziga 
zid, deb er-suv islohatiga oshkora e’tiroz bildirdi.
Er va suvni milliylashtirish to`g’risida” dekret 1925 yil dekabrda 
O`zSSR Markaziy Ijroiya Qo`mitasi (O`zSSR MIQ) Favqulodda sessiyasida qabul 
qilindi. Dekretga binoan vohalarda erlar davlat tasarrufiga olinishi va 
milliylashtirilishi kerak edi: 1) Farg’onada 40, Toshkent va Samarqandda 50 


375 
desyatinadan ortiq sug’oriladigan eri bo`lgan mulk egalari jonli-jonsiz mulki bilan; 
2) qishloq va ovullarda yashamagan va erda ishlamaydiganlarga qarashli erlar mol-
mulki bilan; 3) vaqf erlari, xo`jayini noma’lum erlar musodara qilinadigan bo`ldi.
Er-suv islohati qishloqda asosiy kuch bo`lgan o`rtahol dehqon bilan aloqani 
mustahkamlash shiori ostida o`tdi. Farg’onada 7, Toshkent va Samarqand 
vohalarida 10 desyatinagacha eri bor o`rtahol dehqonlar mulki saqlanib qoladigan 
bo`ldi. Asosiy maqsad - o`rtahol dehqonlarni sovet hokimiyati tayanchiga 
aylantirish edi. Ular boy va quloqlardan ajratib olinib, kambag’al dehqonlarga 
yaqinlashtirildi. Er-suv islohatini o`tkazishga hatto xotin-qizlar ham jalb etilgani 
haqida bir hujjatda: “ular ko`maklashuvchi komissiyada qatnashib, yashirilgan 
erlarni aniqlammoqda, boy va tekinxo`rlarni fosh qilmoqda” - deyilgan.
1926 yil dekabrda 3 viloyatda o`tkazilgan er-suv islohati tajribasi respublika 
miqyosida umumlashtirilib, uni qolgan viloyatlarda ham o`tkazishga qaror qilindi. 
Islohat Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida ham 
o`tkazildi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazmda 20 gektar sug’oriladigan va 
45 gektar lalmikor va bahorikor eri bo`lgan katta er egalarining ortiqcha erlari 
tortib olindi. Er-suv islohati Qoraqalpog’istonda 1929 yil o`tkazildi.
O`zbekistonda er-suv islohati natijasida jami 1492 ta o`ziga to`q xo`jaliklar 
tugatildi. 27992 ta badavlat mulkdorlarning ortiqcha eri tortib olindi. 
Respublikaning er fondiga tortib olingan 474393 desyatina er qo`shildi, ularning 
10 %i kam erlilarga berildi. Qishloq aholisini kooperativlarga birlashtirish 
kuchaydi.
Jamoa xo`jaligi – kooperasiyalarga birlashtirilgan dehqon xo`jaliklarining 
respublikadagi salmog’i 1929 yil 81% ga etdi. Biroq unda o`rtahol dehqonlar, 
kustarlar, hunarmandlar, kambag’allar ham quloq dehqonlar qatorida surgun 
qilindi. SHunday bo`lsada er-suv islohati qishloq aholisi uchun o`zgarishlar olib 
keldi: kambag’al, batrak aholi o`z xo`jaligini tiklab, uni yuritish imkoniga ega 
bo`ldi, biroq bu jarayon uzoqqa bormadi.


376 
Tayanch so`zlar:
SSSR, 
Milliy-hududiy chegaralanish, O`zSSR,
Er-suv 
islohati,
Yangi iqtisodiy siyosat, milliylashtirish, kooperativlar, kolxoz, to`q 
xo`jaliklar,
o`rtahol dehqonlar,
quloq dehqonlar.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling