Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madaniy qurilish
1927 yil 8-martda bo`lgan ko`plab mitinglarda minglab xotin-qizlar
paranjilarini tashlashdi. Unda kommunistlarning ham xotinlari bor edi, lekin ular ertasiga yana paranjini yopinishga majbur qilindi. «Hujum» harakati 1927-1928 yy. yanada kengayib 1927 yil bahorida 100 ming ayol paranji tashladi, ular uchun 32 ta savodsizlikni tugatish maktablari tashkil qilindi. Sudlarning xalq maslahatchilari orasida 1927-1929 yy. 563 ta o`zbek ayollari bor edi. 1927 yil kasaba uyushmalariga 7169, matlubot kooperasiyalariga 5916 ayol a’zo bo`ldi, 2343 ayol davlat organlariga saylandi. 1926 yil birgina Toshkent va Farg’ona viloyatlarida “Qo`shchi” uyushmalarining 4900 ayol a’zolari bor edi. Bu borada zo`rlash usullari salbiy 386 natija berdi, hatto 10-15 yashar qizlar erga berib yuborildi. 1927-1928 yy. 2,5 mingdan ortiq faol ayollar o`ldirildi. Ayollarga nisbatan g’ayriqonuniy xatti- harakatlar uchun 1928 yil 671 kishi jazoga tortilib, 7 kishi otishga hukm qilindi. «Hujum» harakati natijasida o`zbek ayoli ijtimoiy ishlab chiqarishga va eng og’ir mehnat talab qilinadigan ishlarga tortildi. 1930 yil ayollar qishloq xo`jaligida ishchi kuchining 80 % ini tashkil etdi. O`zbek xotn-qizlarining 273637 nafari 1937 yil savodsizlikni tugatish kurslarini bitirdi. Ayol ishchi va xizmatchilar soni 1940 yil 232 ming kishiga etdi, bu butun respublikadagi ishchilarning 40,7 %iga teng edi. Ular tikuvchilikda 82,3, qandolatchilikda 65,5, to`qimachilikda 88 %ni tashkil etardi. O`zbek xotin-qizlari ozodligi kurashining namoyondalari T.Shodieva, S.Xoldorova, X.Tillaxonova, M.Sultonmurodova, X.Majidxonova stalincha qatag’onlik fojiasiga uchradi. Madaniy qurilish sohasda kommunistik partiyaning siyosati asosan XX asrning 20-30 yillarida “shaklan milliy, mazmunan sosialistik madaniyat”ni shakllantirishga qaratildi. “Lenincha madaniy inqilob g’oyasi”ning bosh maqsadi ko`p millatli sovetlar mamlakatida yagona sosialistik madaniyatni tarkib toptirish edi. Bu madaniyat milliy belgi, shakllarni rasman ko`zda tutsada, amalda har bir xalqning o`ziga xos tarixiy va madaniy merosini inkor etardi. “Xudosizlar jamiyatlari” tuzilib, din va uning peshvolariga qarshi ateistik kurash va targ’ibotni avj oldirdi, odamlar ongiga kommunistik g’oyalar singdirildi, ruhoniylar quvg’in va qirg’in qilindi. 1920 yil o`zbek musiqali teatriga, 1933 yil Hamza nomli akademik drama teatriga asos solindi. H.A.Abdurasulov, O.G’.Abdug’aniev, D.H.Ibodov, M.T.Toshmuhammedov, M.Sheroziy, Sh.Shoumarov, A.Hidoyatov, Soraxonim, Tamaraxonim, Lutfixonim, Mukarramaxonim kabi san’atkorlar etishib chiqdi. Moskvada 1937 yil o`tkazilgan 1-o`zbek san’ati va adabiyoti dekadasida “Gulsara”, “Layli va Majnun” operalari, “Farhod va Shirin” musiqali dramasi namoyish etildi. Kino san’ati 30-yillarda O`zbekistonda yangidan shakllanib bordi. SHu davrda “Asal”, “Qasam”, “Rovot qashqirlari”, Azamat” kabi fil’mlar yaratilib 387 ekranlarga chiqarildi. Bu fil’mlarni o`zbek kino ustalari K.Yormatov, N.G’aniev, S.Xo`jaev, Y.A’zamov, R.Pirmuhammedov yaratdi. Respublika 20-20 yillarda ko`plab madaniy inshootlar qurildi, 1932 yil 707 ta kutubxona, 3087 ta klub, 409 ta kinoqurilma, 32 ta teatr, 13 ta muzey faoliyat ko`rsatdi. Sovetlar insonlarni tarbiyalashda adabiyot va san’atning ahamiyatini hisobga olib adabiyotni sosializm qurilish xizmatiga faol jalb etishga, yangi tuzumni mustahkamlashga xizmat qildirishga intildi. VKP(b) MQ 1925 yil 18 iyunda qabul qilgan “Partiyaning adabiyot sohasidagi siyosati to`g’risida” qarorida Sovet mafkurasiga zid adabiyot “burjua mafkurasi xizmatkori” - deb e’lon qilindi. Bu yillarda A.Qodiriy “O`tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, Cho`lpon “Kecha va kunduz”, S.Ayniy “Odina”, “Sudxo`rning o`limi”, Fitrat “Abulfayzxon”, Oybek “Qutlug’ qon, G’.G’ulom “Ko`kan”, “Yodgor” kabi badiiy g’oyasi yuksak asarlarini yaratdi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling