Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy kuchlarni bo`lib tashlanishi.
- 18 lar guruhi
- Inog’omchilik
Qatag’onlik siyosati
Totalitar tuzumning kuchayishi. XX asr 20-yillari ikkinchi yarmida Sovetlar hokimiyatining boshqaruv-idora tizimida ham keskin o`zgarish yuz berdi. Stalin o`zining yakkahokimligini qaror toptirishga harakat qildi. Stalin tomonidan 20-yillar oxirida yangi nazariy qarash sifatida ilgari surilgan “Sosializm mustahkamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham kuchayib boradi” - degan g’oya g’ayriqonuniy harakatlarning avj olishiga olib keldi. Lenin asos solgan totalitar boshqaruv (ma’muriy-buyruqbozlik) tizimini Stalin yanada kuchaytirdi. Bu tizimning mohiyati: boshqaruv markazlashgan va buyruqbozlik tarzida bo`ladi, barcha sohalar nazorat qilinadi, turli fikr, muxolifatchilik va siyosiy erkinlik taqiqlanadi, demokratiya buziladi, ilg’or kuchlar qatag’on qilinadi, hukmron partiya (KPSS) zo`ravon bo`ladi. Milliy kuchlarni bo`lib tashlanishi. O`z millatining istiqbolini ko`zlab haqiqatni aytishga jur’at qilgan millat vakillarini og’machilik, buzg’unchilikda ayblab, millatchi, xalq dushmani, aksilinqilobchi, burjua malaylari kabi asossiz ayb 388 qo`yildi. Sovet mafkurachilari o`zbek milliy kadrlari shanini bulg’ash uchun “18 lar guruhi”, “inog’omovchilik”, “qosimovchilik” degan siyosiy ishlarni to`qib chiqardi. Ularning “yagona” gunohi o`z millati tashvishini ko`zlab muhim muammolarni hal etishga yuqorining e’tiborini jalb etganligi edi. “18 lar guruhi” respublikaning taniqli arboblari: I.Xidiraliev, M.Saidjonov, U.Ashirov, R.Rahimboboev, R.Rafiqovdan iborat bo`lgan. “18 lar guruhi” a’zolari ko`p masalalarda noto`g’ri yo`l tutganlikda ayblandi. Aslida ular Markazning ulug’davlatchilik va shovinistik, milliy kadrlarga bepisadlik siyosatiga qarshi chiqib, adolatni himoya qilgan. “Inog’omchilik” guruhiga ham ayblar to`qib chiqarilgan. R.Inog’omov O`zKP(b) MQ Matbuot bo`limi mudiri va O`zSSR Maorif xalq komissari vazifasida ishlagan. R.Inog’omov 1926 yil e’lon qilgan “O`zbekiston ziyolilari” degan risolada Oktyabr o`zgarishi o`zbek xalqi uchun kutilmagan voqea bo`ldi va unga o`zbek mehnatkashlari tayyor emas, degan gaplarni yozgan. Risolada ziyolilar haqida Oktyabrgacha bo`lgan davrda “Rus istibdodiga qarshi mustaqillik harakatida tarixiy rolni ziyolilar o`ynagan” - degan haqqoniy fikrlar ilgari surilgan. R.Inog’omov o`zining bir qator nutqlarida O`zKP mustaqil faoliyat yurita olmayotganiga, Markazning nazarotchi organlarining o`lka hayotidagi zo`ravonligiga ham alohida e’tibor qaratgan. Inog’omov qarashlarini mahalliy Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling