Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


XVII-bob: O`zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

XVII-bob: O`zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida 
(1939-1945) 
1-§. O`zbekistonning urushga tortilishi. 
O`zbekiston sanoati va qishloq xo`jaligi front xizmatida 
Urushning boshlanish sabablari. Germaniya 1939 yil 1 sentyabrda 
Polshaga bostirib kirishi bilan ikkinchi jahon urushi boshlangan. Bu urush 61 
mamlakatni, er shari aholisining 80 %ini, ya’ni 1,7 mlrd. kishini o`z domiga tortdi. 
Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o`rtasidagi ixtiloflar, tajovuzkor kuchlarning 
dunyoga hukmron bo`lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. Ikkinchi jahon 
urushini asosiy bosqinchi davlatlar: fashistlar Germaniyasi va Italiya hamda 
YAponiya boshladi. Germniya uyushtiruvchi, etakchi rol o`ynadi.
Fashizm agressiv, urushqoq siyosiy kuch va siyosiy partiya sifatida birinchi 
jahon urushi tugashi bilan Italiya va Germaniyada vujudga keldi. Fashistik 
kuchlarni birinchi jahon urushi yakunlaridan norozi bo`lgan, dunyoni qaytadan 
bo`lishga va dunyoda hukmron bo`lishga intiluvchi yirik moliya-sanoat 
korxonalari egalari, harbiylar har tomonlama qo`lladi. 
Fashistlar ikkita jahon urushi orasida kuchayib: Germaniya, Italiya va 
boshqa mamlakatlarda siyosiy hokimiyatni egallab, Germaniya va Italiya 
fashistlari harbiy-siyosiy ittifoq tuzib, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga 
aralasha boshladi. Shu tariqa G’arbda, Sharqda, O`rta er dengizida urush o`choqlari 
vujudga keldi. Fashistlar bloki mamlakatlari birinchi jahon urushida mag’lubiyatga 
uchragani uchun xalqaro munosabatlarni o`zgartirish, dunyoni qurol bilan qaytadan 
bo`lish maqsadida urushga tayyorlandi.
Fashistlar blokiga Angliya, Fransiya va AQSHdan iborat ikkinchi guruh 
qarshi turadi. Birinchi jahon urushida g’olib chiqqan bu guruh egallagan erlarni 


392 
saqlab qolishga, hukmron mavqeini mustahkamlashga, o`z raqobatchilarini 
zaiflashtirishga intildi. 
Ikkinchi jahon urushining 1-davri 1939 yil 1 sentyabrdan – 1941 yil 22 
iyungacha. Germaniya bu davrda G’arbiy va Markaziy Evropada hukmronlik 
o`rnatdi. Germaniya va Italiya bu davrda 10 ta davlatni: Polsha, Chexoslavakiya, 
YUgoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Daniya, Norvegiya, Avstriya, 
Fransiyani bosib oldi. Millatlar ligasi to`xtadi.
Germaniya G’arbiy Evropaning harbiy, iqtisodiy resurslarini qo`lga 
kiritgach, hujum qilmaslik to`g’risidagi shartnomani buzib, urush e’lon qilmasdan 
1941 yil 22 iyunda SSSR ga xoinona hujum boshladi. Bu bosqinchilik urushi edi. 
SSSRga hujum xarakter jihatidan bosqinchilik, adolatsiz urush bo`lib, Germaniya 
bilan uning ittifoqchilari: Italiya, Finlandiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya 
urushga kirdi.
1941 yil 22 iyunda sovet hukumati radio orqali xalqqa e’lon qilgan 
murojaatnomada: “Bizning ishimiz haq ish! Dushman tor-mor keltirilajak! Biz 
g’alaba qilamiz!” - deb aytildi. VKP (b) MQ Siyosiy byurosi 1941 yil 23 iyunda 
Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling