Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Ziyolilarning quvg’in qilinishi. Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU) va Ichki
ishlar xalq komissarligi (NKVD) hibsga olish va yo`q ayblarni to`qish bilan shug’ullangan. Qatag’on davrida tuzilgan “Uchlik” har qanday kishini ayblab, jazoga mahkum eta olardi, bu guruh siyosiy boshqarma, ichki ishlar va mahalliy hokimiyat vakillaridan iborat bo`lgan. “Uchlik” – siyosiy boshqarma (GPU), ichki ishlar (NKVD) va mahalliy hokimiyat vakilidan tuzilgan. “Milliy ittihod” va «Milliy istiqlol» tashkiloti Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligida xalqqa ziyo tarqatib kelgan. Tashkilotning 87 a’zosidan 15 nafari Moskvada otib tashlandi, qolganlari qamoq jazosiga hukm qilindi. O`zbek adabiyotining vakillari A.Qodiriy, A.Fitrat, A.Cho`lpon, U.Nosir, Elbek (Mashriq Yunusov), M.Botu, G’.Yunus “xalq dushmani” sifatida qatag’on qilindi. Professor G’ozi Olim Yunusov 50 dan ziyod asarlar muallifi, arab, fors, nemis, ingliz va barcha turkiy tillarni puxta bilgan, rus, arab va nemis tillarida Samarqand universiteti, Toshkent pedagogika instituti, Til va adabiyot ilmiy tadqiqot institutida ma’ruzalar o`qigan. 390 Asarlari dunyoga mashhur qomusiy olim Said Rizo Alizoda 30-yillar qatag’oniga uchrab Vladimir turmasida azobda olamdan o`tdi. Lahorda 1923-1934 yy. 10 dan ziyod asari, xususan “Axborot” kitobi chop etilgan. U 1919 yildan nashr qilgan “Inqilob shu’lasi” jurnal Turkiston, Turkiya, Eron, Afg’oniston va Hindistonga tarqalgan. Yaxshi mutaxassis va fan arboblari bo`lib etishgan, 20-yillarda Buxoro va Turkiston respublikalari tashabbusi bilan xorijga o`qishga yuborilganlar atayin qatag’on qurbonlari bo`ldilar. Germaniya yoki Turkiyada ta’lim olganlarga o`sha mamlakatning josuslari degan ayb qo`yildi. Buning uchun ularning uyidan chet elda bosilgan kitob topilsa etarli dalil edi. Germaniya va Turkiyada o`qigan yosh mutaxassislar S.Jabbor, S.Muhammad, M.Sultonova “xalq dushmani”, “chet el josusi” sifatida qatag’on etildi. O`zbeklardan chiqqan dastlabki fotograf va kinomatograflardan biri X.Devonov 1938 yil 60 yoshida asossis ayb bilan otildi. 1936 yil “Pravda Vostoka” gazetasi taqdim qilgan “Leyka” fotaapparati uning boshiga balo bo`ldi. Go`yoki uni “xalq dushmani” F.Xo`jaev taqdim qilgan va F.Xo`jaevning “dumi” sifatida ayb qo`yilgan. Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi Begovul qishlog’ida ayollarni o`qitgan 80 yoshli onaxon Bibijon Ismoilova “Axloqi Muhsinin” (Yaxshi xulqlar) kitobini o`qib o`tirgani uchun ayblangan. Momo diniy kitob o`qishda ayblanib qamoqqa olinadi va qiynoqlar oqibatida olamdan o`tadi. Fuqarolarning huquqlari oyoqosti qilinayotgan paytda SSSRning “g’olib sosializm” Konstitusiyasi va unga muvofiq qabul qilingan O`zbekistonning Asosiy qonunida inson huquqlari, sovet demokratiyasi haqida lof urdi. Prezident tashabbusi bilan qatag’on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish uchun Toshkentda 2000-2002 yy. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui va “Qatag’on qurbonlar xotirasi” muzeyi barpo etildi. Prezidentning 2001 yil 1 maydagi farmoni bilan 31-avgust kuni “Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni” deb e’lon qilindi. 391 Tayanch so`zlar: “Hujum, Qatag’on, “Uchlik”, GPU, NKVD, “18 lar guruhi”, “Inog’omchilik”, “Qosimovchilik”, “Milliy ittihod”, Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling