Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


partiya va sovet organlarini urushga moslab qayta qurish to`g’risida qaror qabul


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi


partiya va sovet organlarini urushga moslab qayta qurish to`g’risida qaror qabul 
qilib: partiya va sovet hukumatining harbiy holat to`g’risida; harbiy xizmatga 
majbur bo`lganlarni armiyaga safarbar etish to`g’risida; qurol-aslaha ishlab 
chiqarish bo`yicha safarbarlik rejasini joriy etish to`g’risida qarorlari e’lon qilindi.
SSSR XKS va VKP(b) MQ 1941 yil 29-iyunda mamlakatni urush talabiga 
moslab qayta qurish dasturi - Front yoni viloyatlari partiya va sovet tashkilotlariga 
yo`l-yo`riqlarini tasdiqladi. Bu yo`l-yo`riqning asosiy talabi “Hamma narsa front 
uchun! Hamma narsa g’alaba uchun” edi. Mamlakat hayotining barcha sohalariga 
rahbarlik qilish 1941 yil 30 iyunda tuzilgan Stalin boshchiligida Davlat Mudofa 
Qo`mitasi (DMQ) qo`lida to`plandi. Uning qarorini bajarish barcha tashkilotlar 
uchun majburiy edi. Sovet rahbariyati Oliy Bosh Qo`mondonlik tuzishi, Stalin 
SSSR Qurolli kuchlari Oliy Bosh Qo`mondoni va SSSR Mudofa xalq komissari 
qilib tayinlanishi barcha sohalarni harbiy izga tushirdi va mamlakatni yagona 
harbiy lagerga aylantirdi.


393 
O`zbekistonning urushga tortilishi. Urushning birinchi oyidayoq 
O`zbekistondan 32 mingdan ko`p ishchilar, xizmatchilar, kolxozchilar, yoshlar 
frontga jo`natishni so`rab ariza berdi. 1941 yil iyundan 1942 yil oxirigacha O`rta 
Osiyo harbiy okrugi front uchun 109 ta harbiy qo`shilma tuzdi, harakatdagi armiga 
va Oliy Bosh Qo`mondonlik zahirasiga 86 diviziya va brigada jo`natdi.
O`zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlar milliy harbiy qo`shilmalar 
tuzish tashabbusi bilan chiqdi. 1941 yil 13 noyabrdan 1942 yil martgacha 14 ta 
milliy harbiy qo`shilmalar, jumladan 9 ta o`qchi brigada 5 ta otliq askarlar 
dviziyasi tuzilib frontga jo`natildi. Milliy qo`shilma askarlariga harbiy ta’lim 
berishda O`zbekistonda tuzilgan zaxiradagi 24-o`qchi dviziya katta rol o`ynadi. 
Uning boshliqlari va zobitlari tarkibida 178 o`zbek xizmat qildi, bu dviziya 390 
ming kishidan ziyod jangovar kuchlarni frontga jo`natdi.
I.Karimov 1996 yil “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” asarida 
“O`zbekiston aholisi 1941 yil 6,5 mln. kishini tashkil etgan, ularning yarmini 
bolalar va keksalar tashkil etgan bo`lsa, yaroqli odamlarning 50-60 %i, aniqrog’i 
1433230 kishi urushga safarbar bo`lgan” - deb yozgan edi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling