Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


O`zbekiston – jangchilarni sog’lomlashtirish markazi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

O`zbekiston – jangchilarni sog’lomlashtirish markazi. O`zbekistonga 
jo`natilgan yarador bemorlar uchun 1941 yil 1 oktyabrgacha 14950 o`ringa ega 
bo`lgan 47 gospital barpo etildi. Moskva, Kalinin va Rostovdan 15900 o`ringa ega 
bo`lgan 48 gospital ko`chirib keltirildi. O`zbekistonda 39140 o`ringa ega bo`lgan 
113 ta gospitalda yarodar jangchilarga tibbiy xizmat ko`rsatildi. O`zbekistondagi 
gospitallarga urush yillarida 164382 ta yarador joylashtirildi, ularning 87 %i, ya’ni 
143101 tasi davolanib chiqdi. Yaradorlarga 18482 nafar donor qon berib turdi.
Gospitallarga xo`jaliklar tashkil etish uchun 1941 yil 385,5 gektar er 
maydoni ajratildi, 1943 yil 656 gektarni tashkil qildi. 1942 yil 1513 mehnat 
jamoalari, shu jumladan 750 korxona, kolxoz va sovxozlar gospitallarni otaliqqa 
olib yoqilg’i, oziq-ovqat, qishloq xo`jalik mahsulotlari bilan ta’minladi. Buxoro 
viloyatidagi gospitallarga 1943 yil yoqilg’ining 80%ini otaliq korxonalar etkazib 
berdi.
Mudofaa fondi uchun ishchi, kolxozchi va ziyolilar issiq kiyim, shaxsiy 
jamg’armalarini, qimmatbaho buyumlarini topshirdilar. O`zbekiston 1941 yil 


396 
ikkinchi yarmida 59 ming ot to`plab berdi. O`zbek raqqosasi Tamaraxonim 50 
ming so`m topshirdi. Mudofaa fondiga 650 mln. so`m pul, 22 mln. so`mlik 
qimmatbaho buyumlar, 55 kg.ga yaqin oltin, kumush va qimmatbaho metallar 
to`plandi. Aholiga zayom, pul-buyum lotoreyasi sotish hisobiga 4,2 mlrd. so`m 
mablag’ yig’ildi.
O`zbekiston sanoati va qishloq xo`jaligi front xizmatida 
Sanoat tarmoqlarining yo`nalishi O`zbekistonda o`zgarib, korxonalarda 
yangi mehnat rejimi joriy qilindi. Ish kuni uzaytirildi, ishdan keyin qolib ishlash 
joriy etildi, mehnat ta’tillari, dam olish kunlari bekor qilindi. Toshkent qishloq 
xo`jaligi mashinasozligi zavodi harbiy qurollar ishlab chiqara boshladi. 
Andijondagi “Kommunar” va “Stroymashina” zavodlari samolyot va tanklarga 
kerakli mahsulotlar ishlab chiqaradigan bo`ldi. Qo`qondagi Oxunbobev nomli 
tikuvchilik fabrikasi harbiy kiyimlar ishlab chiqaradigan bo`ldi.
Toshkentdagi 137 sanoat korxonalarining 64 tasi 1941 yil dekabrgacha 
qurol-yarog’lar, front uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishdi. 
O`zbekiston bo`yicha 1941 yil oxiriga kelib 300 ta sanoat korxonasi faqat harbiy 
mahsulot bera boshladi. O`zbekiston rahbari U.Yusupov “O`zbekiston – bu front 
orqasi emas, jang maydoni” - degan edi.
O`zbekiston sanoatini harbiy izga solish, ko`chirib keltirilgan asbob-
uskunalarni joylashtirish ishlariga 1941 yil 5-7 dekabrda bo`lgan O`zKP MQ 5-
plenumida yakun yasaldi. Toshkentga keltirib joylashtirilgan “Rostselmash” 
zavodi “Katyusha” va minomyot snaryadlari, Aviasiya zavodi samolyotlar, 
Kolchuginskdan keltirilgan Kabel zavodi harbiy aloqa mahsulotlarini etkazib bera 
boshladi.
O`zbekistonga ko`chirib keltirilgan korxonalar 4-5 oyda, ayrimlari 1-2 oyda 
qurib bitkazilib, mahsulot bera boshladi. Ularning eng yiriklari: Chkalov nomli 84-
aviasiya zavodi, Moskva kabel zavodi, Xarkov elektrostanok zavodi, Ko`tarma 


397 
kranlar zavodli, Rostov “Krasniy Aksay”, Sulsk nasos zavodi, Vagon-remont 
zavodi, “Krasniy put’” zavodi, Kiev “Transsignal” zavodi edi.
O`zbekistondagi harbiy izga tushirilgan “Tashsel’mash” zavodi boshqa 
korxonalardan keltirilgan 438 stanok, 200 dan ortiq yuqori malakali ishchilar 
hisobiga kengaydi. Qodirov, Hakimov, Yusupov, Ismoilov kabi ustalar kunlik 
normalarini 200-300 %ga oshirib bajardi. O`zbekiston sanoatida urushning 1,5 yili 
mobaynida xotin-qizlar salmog’i 29 %dan ziyod oshdi va 1943 yil 63,5 %ni tashkil 
qildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling