Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

280 ta yangi sanoat korxonalari O`zbekistonda urush yillarida qurib ishga 
tushirildi. 
Sanoatning 
yangi 
tarmoqlari: 
aviasiya, 
stanoksozlik, 
og’ir 
mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya vujudga keldi. YAlpi sanoat 
mahsulotida og’ir sanoatning hissasi 1940 yil 13,9 %ni tashkil etgan bo`lsa, 1945 
yil 47,5 %ni tashkil etdi.
CCCRning eng katta sanoat markazlaridan biri Toshkent shahari bo`lib 
qoldi. Bekobod sanoat shahri sifatida vujudga keldi. Yangiyo`l, Chirchiq kabi 
yosh shaharlar rivoj topdi. O`zbekiston sanoatchilari frontga 2090 samolyot, 17342 
aviamotor, 2318 ming aviabomba, 1,7 ming minomyot, 22 mln. mina, 560 ming 
snaryad, 1 mln. granata, 330 ming parashyut, 100 ming km. maxsus sim, 125 ming 
km. telefon kabellari etkazib berdi.
“Toshkent temiryo`li ishi to`g’risida” maxsus qaror 1943 yil 25 yanvarda 
qabul qilindi. Temiryo`l harbiy holatga o`tkazildi, unda ishlovchilar safarbar 
etilgan deb hisoblandi. O`zbekiston temiryo`lchilari 1941-1942 yy. 2700 
sostavdagi passajir poezdlarini, ko`chirilgan korxonalarning asbob-uskunalari 
ortilgan 17600 vagonlarni mo`ljalga etkazishdi. O`zbekistonda 1941-1945 yy. 
temiryo`l liniyalari ikki baravar uzaydi. Toshkent-“Angren-ugol”, Boysun-
Otquloq-Turangli-Toshkent tovar stansiyasi temiryo`llari qurildi.
O`zbekistonda urush yillarida Toshkent-Samarqand-Ashxobod, Toshkent-
Samarqand-Boku, Toshkent-Samarqand-Krasnavodsk telefon liniyasi; 2 ta 
Toshkent-Samarqand-Buxor telefon aloqa yo`llari qurildi. 1943 yil qurilgan 500 
km. telefon yo`li Toshkentni Xorazm va Qoraqalpog’iston bilan bog’ladi. Yirik 
korxonalarda ham 50-100 o`rinli telefon stansiyalari qurildi. Urush yillarida 
pochta xodimlarining xizmati o`sdi. 1941 yil 1 ta pochta xodimi 50 ming xat-
xabar jo`natgan bo`lsa, 1942 yil 74,5 mingga, 1943 yil 77,5 mingga etdi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling