Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Qishloq xo`jaligining barcha bo`g’inlarida urush davrida qat’iy ish tartibi
belgilandi. Eng kam miqdordagi majburiy mehnat kunlari 1,5 baravarga oshirildi. O`smirlar uchun ham 12 yoshdan mehnat kunlari belgilandi. Belgilangan miqdordagi mehnat kunlarini bajarish majburiy qilib qo`yildi. Respublika dehqonchiligining strukturasi keskin o`zgarib, paxtachilikni asosiy tarmoq sifatida 400 saqlab qolgan holda don, qand lavlagi, kanop, pilla, sabzavot, poliz mahsulotlarini ko`paytirish tadbirlari ko`rildi. Urush yillarida Kattaqo`rg’on, Kosonsoy, Rudasoy suv omborlari; Yuqori Chirchiq, Shimoliy Farg’ona, So`x-Shohimardon, Uchqo`rg’on kanallari qurildi. 1942 yil fevral-martda barpo etilgan Shimoliy Toshkent kanali 15 ming gektar erni sug’orish imkonini berdi. Respublikaning sug’oriladigan er maydonlari 454,7 ming gektarga kengaydi. O`zKP(b) MQning 1941 yil dekabrda bo`lgan 5-plenumida U.Yusupov O`zbekistonda g’alla masalasini hal qilish, o`zimizni o`zimiz un-non bilan ta’minlashimiz kerak degan vazifani ilgari surdi. 1942 yil 1408,1 ming gektar, 1943 y. 2090,2 ming gektar erga g’alla va dukkakli ekinlar ekilgach don mahsulotlari etishtirish ko`payib, respublika ehtiyojlari qondirildi, natijada 1941 yil 4,8 mln. so`m o`rniga 1943 yil 5,3 mln. so`m olindi. O`zbekiston uchun yangi tarmoq – qand lavlagi etishtirish yo`lga qo`yilib Samarqand, Farg’ona, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari lavlagi etishtiriga ixtisoslashtirildi. 1942 yil 65 ming gektarga, keyingi yillarda 70 ming gektar lavlagi ekildi. Jizzax va Pastdarg’om tumanlarida har gektardan 400-800 senterdan lavlagi hosili olindi. Qand lavlagini qayta ishlash, shakar, qand ishlab chiqarish uchun Zirabuloq, Qo`qon, Yangiyo`l qand zavodlari qurildi. O`zbekiston urush yillarida butun Ittifoq (SSSR)da ishlab chiqarilgan qandning 1/4 qismini berdi. Respublika bo`yicha 1944 yil 1 mln. 373 ming so`mlik, 1945 yil 1 mln. 646 ming so`mlik qand lavlagi topshirildi. O`zbekiston qishloq xo`jaligi xodimlari urush yillarida davlatga 1262 ming tonna don, 54,1 ming t. pilla, 482 ming t. sabzavot, 57,5 ming t. meva, 36 ming t. quruq meva, 159 m.t. go`sht, 22,3 m.t. jun mahsulotlar etkazib berdi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling