Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Maorif va oliy ta’lim. Ko`pchilik professor-o`qituvchilar, talabalar frontga
safarbar etilgach Samarqand kooperativ instituti va Toshkent moliya-iqtisodiyot instituti, Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlari, O`zbek va O`rta Osiyo davlat universitetlari birlashtirildi. O`zbekistonga 1941-1943 yy. Moskva, Leningrad, Kiev, Xarkov, Voronej, Odessa shaharlaridan 35 oliy o`quv yurti va 7 harbiy akademiya ko`chirib keltirildi. Ular o`zaro yoki O`zbekiston oliy o`quv yurtlari bilan birlashtirildi. Moskva va Leningradlik olimlar talabalarga yangi kurslar bo`yicha ma’ruzalar o`qidi, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga ko`maklashdi. Toshkent industriya instituti ilmiy jamoasi Bekobod metallurgiya zavodini qurish, mis va rudalarni eritish usullarini ishlab chiqish, metal korroziyasiga qarshi yo`llarni topish, yangi zavodlar qurishda qatnashdi. 405 1943-1944 yy. ko`chib kelgan pedagog-olimlar o`z shaharlariga qayta boshladi. Vaqtincha yopilgan institutlar qayta tiklanishi, yangidan CHimboy va Urganch pedinstitutlari, Namangan va Marg’ilon o`qituvchilar institutlari, Toshkent teatr san’ati instituti ochilgach ilmiy-pedagogik kadrlarga muhtojlik yana orta boshladi. Oliy o`quv yurtlari soni 1945 yilda 1940 yilga nisbatan 3 taga ko`payib 33 taga etdi, talabalar soni 19,1 mingdan 21,2 ming kishiga ortdi. Urush yillarida 10 mingdan ko`p oliy malakali va 3,7 mingga yaqin o`rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlandi. Maktablarda urushgacha erkak o`qituvchilar respublikada 74,6 %ni tashkil etardi. 1944 yil o`qituvchilar armiyadan maktablarga qaytarildi. Maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash maqsadida o`quvchilar bilimini baholashning 5 balli tartibi joriy etildi. Boshlang’ich va 7 yillikni tugatganlar uchun bitiruv imtihonlari, o`rta maktabni bitiruvchilarga attestat uchun imtihon topshirish, a’lo ko`rsatgich uchun oltin va kumush medallar berish joriy etildi. Umumta’lim maktablarida 1940/41 yy. 5504 ta maktablarda 1368,9 ming o`quvchi, 1945/46 yy. 4976 ta maktablarda 989,2 ming o`quvchi ta’lim oldi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling