407
Toshkent badiiy fil’mlar studiyasi ko`chib kelgan
kinomatograflar bilan
hamkorlikda “Ikki jangchi”, “Nasriddin Buxoroda”, “217-raqamli odam”,
“Vatanga sovg’a”, “5 respublikaning fil’m-konserti” nomli kinofil’mlarni yaratdi.
Urush yillarida O`zbekiston
rassomlaridan L.Abdullaev “Qizil
armiyaga
kuzatuv”, “Mukofot bilan tabriklash”, O`.Tansiqboev “Otliqlar hujumi”, “Partizan
qiz”, Ch.Ahmarov “O`zbekiston-frontda”, V.Kaydalov “Fashist gazandasi yo`q
qilindi”, “Dushmanga qaqshatqich zarba” asarlarini yaratdi. O`zbekiston
rassomlari urush yillarida 39 ta ko`rgazma tashkil etdi, 5 mingdan ko`proq badiiy-
siyosiy plakatlar yaratdi.
San’atkorlardan tuzilgan 30 dan ortiq konsert brigadalari
frontdagi harbiy
qismlarda 400 dan ko`proq, respublikadagi harbiy qismlarda 15 mingta,
gospitallarda 10 mingta konsert berdi. Frontda, ishchilar
va paxtakorlar huzurida
san’atkorlardan
H.Nosirova,
Tamaraxonim,
A.Hidoyatov,
L.Sarimsoqova,
S.Eshonto`raeva, A.Bakirov, K.Ismoilovalar xizmatda bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: