Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
XVIII-bob. O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
XVIII-bob. O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy
va madaniy hayoti (1946-1990) 1-§. Urushdan keyin O`zbekiston xalq xo`jaligi. Ma’muriyatchilikning kuchayishi Xalq xo`jaligining tinch qurilishga o`tishi. O`zbekiston urushdan keyin SSSRning g’arbiy viloyatlariga xo`jalikni tiklash uchun Dnepropetrovsk viloyatiga 300 aloqachi mutaxassis, Toshkent temiryo`lchilari 230 kishi yubordi. O`zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston respublikalari Rossiyaning sharqiy viloyatlari, Chuvashiston, Tatariston va Boshqirdiston avtonom respublikalari, Ukrainaga 5000 traktor, 300 ta avtomashina, 500 ta plug etkazib berdi. Donbass 417 shaxtalarini qayta tiklashga O`zbekiston nasos, kompressor, ko`targich kran, elektr kabellari va usunalar yubordi. O`zbekistondagi mashinasozlik zavodlari qurol-aslaha ishlab chiqarishdan qishloq xo`jalik mashinalari ishlab chiqarishga moslab qayta jihozlandi. Chunki Markazning maqsadi O`zbekistonni paxta bazasi sifatida qoldirish edi. “Tashsel’mash”, “O`zbeksel’mash”, “Krasniy dvigatel’”, “Pod’yomnik” zavodlari paxtachilik hamda irrigasiya qurilishi uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarishga moslashtirildi. Kimyo sanoati, Engil va oziq-ovqat sanoati korxonalari ham qayta qurildi va ishlab chiqarishni kengaytirdi. Urush yillarida boshlangan yirik inshootlar Farhod GESi, O`zbek metallurgiya kombinatining yangi korxonalari qurilishi davom etdi. SSSR Oliy Kengashi 1946 yil 18 martda “SSSR xalq xo`jaligini tiklash va yanada rivojlantirishning 1946-1950 yillarga mo`ljallangan rejasi haqida qonun” qabul qildi. Markaz oshirib belgilagan vazifalar O`zSSR Oliy Kengashi 1946 yil avgustda tasdiqlagan “O`zSSR xalq xo`jaligini tiklash va rivojlantirishning 1946- 1950 yillarga mo`ljallangan 5 yillik rejasi haqida qonun”da o`z ifodasini topdi. Rejada respublika uchun sanoat mahsulotlarini 52 % ga ko`paytirish, paxtachilikni kompleks mexanizasiyalashni tugallash kabi noreal vazifalar qo`yilgan edi, rejalar bajarilmadi. O`zbekistonda 1946-1950 yillarda 150 dan ortiq yangi sanoat korxonalari qurildi. “Tashsel’mash”, “O`zbeksel’mash”, “Chirchiksel’mash”, Samarqanddagi “Krasniy dvigatel’” zavodlari paxtachilik mashinalari ishlab chiqarishni kengaytirdi. Quvvatiga ko`ra SSSRda 3-o`rinda turuvchi Farxod GESining 1-va 2- navbatlari, 1-Oqqvoq, 1-va 2–Bo`zsuv gidroelektr stansiyalari qurildi. Elektroenergiya ishlab chiqarish 1945 yil 1187 mln. kv/s.; 1950 yil 2681 mln. kv/s o`sdi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling