Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish
O`zbek metallurgiya kombinatining “300” va “700” prokat stani qurildi,
marten va prokat sexlari loyihadagi ishlab chiqarish quvvatiga etdi, issiqlik elektr markazi ishga tushirildi. O`zbek metallurgiya kombinati 1950 yil 119 ming tonna 418 po`lat ishlab chiqardi. Bu kombinat O`zbekiston va boshqa respublikalar uchun sifatli po`lat etkazib beruvchi korxona bo`lib qoldi. Farg’ona vodiysida Moyli va Shahrixon, Surxandaryoda Kokaydi va Lalmikor neft konlari ochilib foydalanishga topshirildi. Oltiariq neftni haydash zavodi kengaytirildi. Neft ishlab chiqarish 1950 yil 1,3 mln. tonnadan oshdi. Polvontosh-Asaka gaz quvuri qurildi, gaz ishlab chiqarish ortib 1950 yil 52 mln. kubometrni tashkil etdi. Farg’ona va Qo`qonda yangi to`qimachilik kombinatlari, Toshkentda trikotaj fabrikasi, Buxoro, Samarqand va Namanganda ip yigirish fabrikalari qurildi. Ip gazlama va trikotaj buyumlari 1941 yil 107 mln metr, 1945 yil 85 mln metr ishlab chiqarildi. 1950 yil 161 mln metr ip gazlama tayyorlandi. 1950 yil 552 ming ustki kiyim, 8427 ming ichki kiyim va trikotaj buyumlari ishlab chiqarildi. Xorazm, Turkmaniston va Qoraqalpog’istnni bog’lovchi Chorjo`y- Qo`ng’irot temiryo`l magistrali qurildi. Toshkentda dastlabki 29 km. trolleybus yo`li ishga tushirildi. Respublikada 1950 yil 2070 km temiryo`l, 28,7 ming km avtomobil yo`li, 814 ta pochta, telegraf va telfon korxonalari xizmat ko`rsatdi. Hunar bilim yurtlari va korxonalarda tashkil etilgan kurslar orqali 1945-1950 yy. 216,7 ming ishchi kadrlar etishtirildi. Oliy texnika o`quv yurtlari korxonalar uchun 2372 muhandis, O`rta maxsus o`quv yurtlari 5719 texnik kadrlar tayyorladi. O`zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish bo`yicha majburiy ko`rsatmalar SSSR XKSning 1945 yil 15 iyulda “O`zbekistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada rivojlantirish choralari to`g’risida” va 1946 yil 2 fevralda “1946-1953 yy. O`zbekistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada yuksaltirish rejasi va tadbirlari to`g’risida” ketma-ket qabul qilgan qarorlarida belgilab berildi. Bu qarorlar O`zSSR KP MQning 1945 yil sentyabrda bo`lgan 13-plenumida muhokama qilinib, bajarish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqildi. Paxta maydonlarini ko`paytirish asosiy vazifa bo`lib qoldi. Paxta va beda almashlab ekiladigan maydonlar 1945 yil - 947 ming gektar, 1947 yil - 1287 ming ga., 1953 yil - 1500 ming ga. Ko`paydi. G’alla, qand lavlagi, poliz, sabzavot ekinlari maydoni qisqardi. Kolxozlarga texnik xizmat ko`rsatuvchi MTSlar soni 245 taga ko`paydi. Undagi 419 traktorlar 1950 yil 29,5 mingtani, paxta terish mashinalari 3617 tani, yuk avtomobillari 7934 tani tashkil etdi. Hukumat 1949 yil 4 fevralda paxtaga davlat tayyorlov bahosini oshirish haqida qaror e’lon qildi. Ilgari 1 tonna paxta xomashyosiga 1047 so`m to`langan bo`lsa, 1949 yildan 2200 so`mga ko`tarildi. 1 t paxta xomashyosi 3 t bug’doyga teng bo`ldi, 1 t paxta etishtirish 1 t bug’doyga nisbatan 10-15 marta ko`p mehnat talab qiladi. O`zKP MQ 1950 yil avgustda bo`lgan 6-plenumida kolxozlar yiriklashtirildi. O`zbekistonda 1777 ta kolxoz o`rniga 1950 yil avgustda 752 ta kolxoz vujudga keldi. 1947 yil Toshkent va Samarqandda ochilgan 2 yillik kurslar kolxoz raislari va brigadirlarni tayyorlab berdi. Samarqand Qishloq xo`jaligi institutida MTS direktorlari va tuman qishloq xo`jalik bo`limi mudirlari malakasini oshirish 1 yillik kurslari ochildi. Toshkent Irrigasiya va qishoq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti qoshida MTSlarning katta mexaniklari malakasini oshirish 1 yillik kurslari ochildi. 1947 yil kuzida Toshkentda Agranomlar tayyorlaydigan 3 yillik maktab tashkil etildi. MTS direktorlari orasida Oliy va o`rta ma’lumotlilar 1944 yil 36%ni, 1949 yil 57,9 %ni tashkil etdi. Respublika komsomolining 1949 yil yanvarda bo`lgan 12-s’ezdi 20 ming komsomolni doimiy ishlash uchun Mirzacho`lga safarbar qildi. 1949 yil 15 martgacha Sirdaryo, Mirzacho`l, Bekobod, Bo`kaga 14,5 ming kishi, shulardan 10,5 ming komsomol keldi. Paxta hosildorligi oshdi, gektaridan 1940 yil - 14,9 s., 1945 yil - 10,9 s., 1950 yil - 20,1 s. paxta olindi. 1950 yil respublikada 2282,4 ming tonna paxta etishtirildi. Chorva mollari urush yillarida 1 mln boshdan ziyod kamaydi. Urushdan so`ng chorvani ko`paytirish uchun chorvachi bo`lmagan kolxozlarga jamoat chorvasini vujudga keltirishga yordamlashildi. Biroq urushdan oldingi darajaga etmadi. Moddiy-texnika bazasi nochorligi, mollar zotini yaxshilash yo`lga qo`yilmadi. Chorvadorlar o`z mehnatidan manfaatdor emasligi tufayli respublika chorvachiligida jiddiy o`zgarish bo`lmadi. 420 Bug’doy, arpa, guruch, kartoshka, sabzavot, poliz mahsulotlari etishtirish 1950 yilda ham urushdan oldingi darajadan ancha past bo`ldi. 1940 yil 280,1 ming tonna, 1950 yil 200,7 ming tonna bug’doy tayyorlandi. Bu mahsulotlarni etishtirish kamayib ketishining asosiy sababi sug’oriladigan ekin maydonlarining qisqarishi, etarli moliyaviy va texnik vositalarning ajratilmasligida edi. Respublikada 1950 yil 37 oliy o`quv yurtida 40 ming talaba o`qidi. O`zFA tarkibidagi 23 ta ilmiy-tadqiqot muassasalari xo`jalikni tiklashga ko`maklashuvchi ilmiy izlanishlar olib bordi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling