Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Sirdaryo viloyati 1963 yil 16 fevralda tashkil etildi, markazi Guliston shahri
bo`ldi. 1957 yil Yangier, 1961 yil Guliston shaharlar vujudga keldi. Sirdaryo viloyatida paxta maydonlari 1956-1965 yy. 120 ming ga.dan, 211 ming ga.ga; paxta xomashyosi 243 ming t.dan 441 ming t.ga ko`paydi. Janubiy Mirzacho`l kanali qurildi. Sirdaryo viloyatida 1966-1975 yy. 181 ming gektar yangi erlar o`zlashtirildi. 50-yillar ikkinchi yarmi 70-yillar o`rtalarigacha yangi erlar 280 ming gektarni tashkil etdi, 55 ta sovxoz tuzildi. Jizzax viloyati 1973 yil tashkil etildi. Posyolkalar bazasida 1974 yil Paxtakor, Do`stlik, Gagarin shaharlari vujudga keldi. Jizzax cho`lida 70 ming gektardan ko`proq yangi erlar o`zlashtirilib, Mirzacho`l (1967), Do`stlik (1970), Zafarobod (1973), Arnasoy (1977) tumanlari tashkil etildi. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida 1985 yil 731 ming tonna paxta xomashyosi etishtirildi. Buxoro viloyatida 1963 yil Amu-Qorako`l, 1965 yil Amu-Buxoro kanallari qurildi. 90 ming gektar er, 26 ming gektar yangi er sug’orildi, Qizilqumda 300 ming gektar yaylovga suv bordi. Yana Markaziy Farg’ona, Qoraqalpog’iston, Surxandaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ham sug’oriladigan dehqonchilikni kengaytirish, irrigasiya-qurilish ishlari olib borildi. Qoraqalpog’istonda sholikorlik sovxozlari ishga tushirildi. Jizzax va Qarshi cho`li, Mirzacho`l, Surxon-Sherobod, Markaziy Farg’ona, Quyi Amudaryo erlarini o`zlashtirish, suv chiqarish ishlari avj oldi. Amudaryo hisobiga 70-yillarda eng yirik Tuyamo`yin, Kampirrovot daryosida Andijon, Namanganda Chortoq va Eskar, Samarqandda Qoratepa, Surxandaryoda Surxon suv omborlari; Katta Namangan, Parkent kanallari qurildi. 432 O`zbekistonda 1946-1965 yy. 600 ming gektar va 1966-1985 yy. 1,6 mln gektar yangi erlar o`zlashtirildi. 1985 yil 10 mlrd m 3 suvni to`plovchi 23 ta suv ombori, 197 ming km. kanallar, 900 ta sug’orish sistemasi, 92 ming gidrouzellar ishlab turdi. O`zlashtirilgan qo`riq erlarda 160 ta sovxoz, 7,7 mln m 2 turar joy, 37 ming o`rinli maktabgacha bolalar muassasasi, 102 ming o`rinli umumta’lim maktablari tashkil etildi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling