Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Orol fojiasini - cho`l va sahrolarni o`zlashtirish, paxta monokulturasi 
kuchayishi, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida sug’orish tizimlarini qurish keltirib 
chiqardi. Orol dengizi sathi 20 metrga pasaydi, sohillari 60-80 km ga chekindi. 4 
mln. gektar sho`rxok sahro paydo bo`ldi. Dengiz o`rnida 2 ta qoldiq ko`l qoldi. 
Orolning qurishi ekologik kulfat darajasiga aylandi. Uning atrofidagi 35 mln. kishi 
xavf ostida qoldi. Yiliga 90 kun davom etadigan bo`ron 15-75 mln. tonna tuzni 
300-500 km.ga yoymoqda.
Tayanch so`zlar: “O`zbekiston qishloq xo`jalik mashinasozligi ishlab 
chiqarish birlashmasi”, “Markaziy Osiyo yagona elektr sistemasi”,
Mirzacho`l,
Sirdaryo viloyati, Jizzax viloyati, Orol fojiasi, ekologik kulfat,
Toshkent televizon 
markazi, Toshkent teleminorasi. 


434 
3-§. O`zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz vujudga 
kelishi. Madaniy va ma’naviy sohadagi mafkuraviy tazyiqlar 
Ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz. Vatanimiz taridagi 50-80 yillarning birinchi 
yarmi eng murakkab davrlaridan biridir: 1) mehnatkashlar mehnati tufayli 
respublika iqtisodiyoti rivojlandi; 2) barcha sohalarda muammolar to`planib, 
inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi. Xo`jalik yuritish tizimida boshqaruvning 
ma’muriy-buyruqbozlik usuli 20-yillar oxiri - 30-yillarda shakllangan. Bu usul 30-
yillarda, urush va tiklash davrlarida samara bergan bo`lsada, 50-yillardan 
taraqqiyotga to`siq bo`la boshladi.
1956 yil iqtisodiyotni qayta qurish, boshqaruvni demokratiyalashtirishga 
urinishlar bo`ldi. Markazda hal etilgan mahalliy masalalarni respublikalarga berish, 
ijtimoiy hayotni demokratlashtirish, boshqaruvni joylarga yaqinlashtirish, 
xo`jalikni boshqarishning hududiy tartibiga o`tish tadbirlari ko`rildi, biroq amalga 
oshmadi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling