Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

To`qimachilik sanoati Respublikada paxta tolasining atigi 10 %ini qabul 
qilish va tayyor mahsulotga aylantirish imkoniyatiga ega edi. 70-80 yillar boshida 
to`qimachilik sanoatining yirik korxonalari: Buxoro to`qimachilik (1973) va 
Andijon ip-gazlama (1979) kombinatlari, Nukus ip-gazlama kombinati (1983)ning 
Jizzax paxta yigiruv fabrikasi; Qo`rg’ontepa, Marhamat, Yangiqo`rg’on, Beshariq, 
Rishton, Vobkent, G’ijduvon filiallari qurildi. Ip-gazlama ishlab chiqarish 1960 yil 
234,7 mln m., 1985 yil 395,7 mln metrga ko`paydi.
Oziq-ovqat sanoati kompleksining yog’-moy, konserva, non, un yormasi
qandolat, go`sht, sut, baliq, choy, tamaki, vino etishtiruvchi tarmoqlari barpo etildi. 
Oziq-ovqat sanoati kompleksida 1985 yil 271 korxona ishladi. Bu tarmoqning 
sanoat mahsulotlari umumiy hajmidagi salmog’i 14 %ni tashkil etdi. Bu tarmoqda 


429 
yog’-moy sanoati etakchi o`rin egallaydi. Respublikada 1970-yillarda 17 ta yog’-
moy korxonasi 2,2 mln t. chigitni qayta ishlab 294 ming t. paxta yog’i, 1985 yil 
451 ming t. paxta yog’i ishlab chiqardi.
Qandolat sanoatida 50-yillarda Namangan va Buxoro konditer-makaron 
fabrikalari, Yangiyo`lda konditer (1964), drojji-achitqi (1968) korxonalari ishga 
tushirildi. 20-yillarda qurilgan Toshkent “O`rtoq” konditer fabrikasi 1965 yil 
tubdan rekonstruksiya qilindi. Respublikada 1985 yil 60 ta korxonada 165 ming t. 
qandolat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Transport tarmog’i 50-80 yillarda ancha rivojlandi. 50-yillarda 627 km 
CHorjo`y-Qo`ng’irot temiryo`li qurildi, Quyi Amudaryo O`zbekistonning boshqa 
hududlari va Ittifoq markazi bilan bog’landi. 1962 yil qurilgan 280 km Navoiy-
Uchquduq temiryo`li yangi konlarni sanoat markazi bilan bog’ladi. Mirzacho`l, 
Jizzax, Qarshi cho`llarini o`zlashtirish bilan bog’liq ravishda 1962 yil Jizzax-
Mehnat (133 km), 1970 yil Samarqand-Qarshi (144 km), 1974 yil Termiz-
Qo`rg’ontepa (218 km) temiryo`llari qurildi. 1975 yil Taxiatosh-Nukus temiryo`li 
qurilgach Qoraqalpog’iston poytaxti (Nukus) respublika temiryo`l tarmog’i bilan 
bog’landi.
Avtomobil yo`llari tez o`sdi va 50-70 yillarda zamonaviy avtomobil yo`llari 
qurildi. Katta O`zbekiston trakti (Toshkent-Termiz) ta’mirlandi. Toshent-Olmaliq, 
Toshkent-Buxoro-Nukus, Mo`ynoq-Zarafshon, Samarqand-Chorjo`y, Farg’ona va 
Toshkent halqa yo`llari qurildi. To`rtko`ldan Amudaryo bo`ylab Nukus orqali 
Taxtako`pirga olib boradigan Qoraqalpog’iston trakti qurildi. Yana Buxoro-Gazli-
Sazakino avtomagistrali, Toshkent-Angren-Qo`qon yo`li qurildi.
Respublikada 70 dan ortiq avtobus-taksamotor parklari barpo etildi. 
Avtomlbil yo`llari uzunligi 80,4 ming km.ni, qattiq qoplamali yo`llar 66,7 ming 
km.ni tashkil etdi. Avtomobil transporti 1985 yil 1960 yilga nisbatan 5,5 marta 
ko`p yoki 1,1 mlrd tonna xalq xo`jalik yuklarini tashidi. Avtobuslarda 1985 yil 2,5 
mlrd passajir tashildi, bu 1960 yilga nisbatan 7 marta ortiq edi.
Havo yo`llari respublikaning 120 dan ortiq shaharlarini bog’ladi. Uzunligi 
60 ming km.ga etdi. 1985 yil 5,5 mln passajir, 63,4 ming tonna yuk tashildi. 


430 
Toshkent metrosi 1972 yildan qurila boshladi. Uning 12,1 km. 1-yo`nalishi 1977 
yil, 2-yo`nalishi 80-yillarda foydalanishga topshirildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling