Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo`jaligi
- Chorvachilik
Paxta monokultura sifatida respublika qishloq xo`jaligida rivojlantirildi.
1950 yil 1,1 mln gektar, 1985 yil 2 mln. ga. g’o`za ekildi. Paxta xomashyosi 2,3 mln tonnadan 5,4 mln. t.ga oshdi. Hosildorlik gektariga 20,1 sentnerdan 27 s.ga oshdi. O`zbekistonda paxta monokulturaga, ya’ni hukmron tarmoqqa aylandi. Chunki Ittifoq (SSSR) mehnat taqsimotida, yagona xalq xo`jaligi kompleksida O`zbekistonning o`rni paxtachilik ekanligi belgilab qo`yilgan. SSSRning xalqaro maydonda paxta mustaqilligini ta’minlash vazifasi O`zbekistonga yuklatilgan. O`zbekiston paxta maydonlari 1985 yil barcha ekin maydonlarining 2/3 qismini egallar edi. Andijon, Farg’ona, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida uning salmog’i 70-75 %ga etardi. Qishloq xo`jaligida makkajo`xori, bug’doy ham etishtirildi. 1970-yillarda barcha viloyatlarda 18 ta ixtisoslashgan makkajo`xorichilik sovxozlari tashkil etildi. Makkajo`xori ekin maydonlari 80-yillar o`rtalarida keskin kamaytirildi. Makkajo`xori etishtirish 1985 yil atigi 443,1 ming tonnaga tushib qoldi. Sersuv va issiq joylarda sholi etishtirilar edi. Sholi asosan Chirchiq, Ohangaron, Sirdaryo bo`ylarida etishtirilar edi. O`zbekiston Kommunistik Partiyasi Markaziy Qo`mitasi va Ministrlar Kengashi 1978 yil noyabrda sholi etishtirishni ko`paytirish to`g’risida qaror qabul qildi. Unga ko`ra Amudaryo quyi qismida – Qoraqalpog’iston va Xorazmla sholikorlik sovxozlari tashkil etildi. Bug’doy va arpa uchun sug’oriladigan er ajratilmadi. Bug’doy va arpa bahorikor (lalmikor) erlarga ekildi. Hosildorlik gektariga 5-8 sentnerdan oshmasdi, bug’doy boshqa mintaqalardan keltirildi. Chorvachilikda 60-yillarda qoramolchilikka ixtisoslashtirilgan 30 ta sovxoz tashkil etildi. 70-yillar ikkinchi yarmida 45 ming sigir boqiladigan sutchilik 433 komplekslari, 65 ming buzoq boqiladigan go`shtchilik komplekslari, ochiq maydonda 190 ming qoramol boqiladigan 13 ta komplekslar qurildi. Chorvachilik, cho`chqachilik va sutchilik komplekslari soni 1982 yil 82 taga etdi. 1985 yil xo`jaliklar 4,1 mln. qoramol, shu jumladan 1,6 mln. sigir boqdi. Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog’iston ASSRda 90 ta qorako`lchilik sovxozlarida 5 mln.dan ortiq qorako`l qo`ylar boqildi, 3 mln. hisori va jaydari qo`ylar boqildi. O`zbekistonda 60-70 yillarda 20 dan ortiq parrandachilik komplekslari qurildi. 1985 yil 33,5 mln. tovuqdan 2 mlrd. dona tuxum olindi, bu 1960 yilga nisbatan 4 marta ortiq edi. Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi qirg’oqlarida andatra, nutriya, norka urchitilib, mo`ynalar tayyorlandi. 1985 yil 26 ming tonna baliq etishtirildi. Ittifoq (SSSR) bo`yicha etishtirilgan pillaning 2/3 qismi O`zbekistonda etishtirildi. 1985 yil 32,2 ming tonna pilla tayyorlandi, 4 ming tonna asal tayyorlandi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling