Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy soha
Iqtisodiy islohatlar qilishga 60-yillar o`rtalarida kirishildi va 1965 yilgi
islohatda sanoat, qurilish va qishloq xo`jalik korxonalarini xo`jalik hisobiga o`tkazish, rag’batlantirish tizimini takomillashtirish mo`ljallandi. Islohatlar 60- yillar 2-yarmida biroz samara bergan bo`lsada, ko`zlangan natijani bermadi. 60- yillar iqtisodiy islohati jamiyat rivojiga, ishlab chiqarish munosabatlari mohiyatiga daxl qilmadi, shu sababli muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Boshqaruvning ma’muriy- buyruqbozlik tizimi keyingi yillarda ham ijtimoiy-iqtisodiy hayotda progressiv qayta o`zgarishlarni, 1979 yilgi iqtisodiyotni isloh qilish yo`lidagi urinishlarni barbod qildi. KPSSning 70-80 yillarda bo`lgan s’ezlarida rivojlanishning intensiv shakliga o`tish ta’kidlangan edi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, rahbarlikda iqtisodiy usullarga o`tish vazifalari qo`yildi. Biroq so`z bilan ish o`rtasida uzilish ro`y berdi, taraqqiyotda depsinish, inqirozli holatlar yuz berdi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini aniqlashda 60-yillar oxirida ilmiy va siyosiy hayotga kirib kelgan “rivojlangan sosializm” tushunchasi nazariy xatoga 435 yo`l qo`yilganligining oqibati bo`ldi. Yutuqlarni ulug’lash, miqdor ketidan quvish, kamchiliklarni payqamaslik kabi illatlar mustahkam o`rnasha bordi. Iqtosidiyotda inqirozli vaziyat vujudga kelib, milliy daromad 1960-1965 yillardan 1981-1985 yillargacha 7,8 %dan 3,3 %ga tushib qoldi. Aholi jon boshiga to`g’ri keladigan sof daromad 1965-1985 yy. 7 marta kamaydi. Iqtisodiyotda ishlab chiqarishning intensiv usullariga o`tish, moddiy xomashyo va energetika boyliklaridan foydalanish sohasida katta xatoliklarga yo`l qo`yildi. Moddiy boyliklarni saqlash o`rniga, ulardan ayovsiz foydalanish tufayli mehnat unumdorligi pasayib ketdi. Ijtimoiy sohaga ham iqtisodiyotdagi inqiroz o`z ta’sirini o`tkazib, ijtimoiy ehtiyojlar uchun mablag’ taqsimlashning qoldiq prinsipi va taqsimotda tekischilik qoidasining ustun bo`lishi tufayli ijtimoiy adolatsizlikning avj olishiga olib keldi. Ijtimoiy munosabatlarda mehnatni rag’batlantirish tizimining buzulishi oqibatida murakkab vaziyat vujudga keldi. Yuqori malakali mehnat haq to`lashda kamsitildi. Injener va ishchi, vrach va sanitariya xodimi bir xil maosh olishi aholining mehnatga qiziqishi susayib, mehnat unumining pasayishiga olib keldi; bu holat mahsulot tanqisligini yuzaga keltirdi. Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag’ kamayib borishi tufayli ta’lim va aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish sifati yomonlashib, moddiy-texnik bazasi eskirishiga olib keldi. Umumta’lim maktablarida 1985 yil bino etishmasligi sababli o`quvchilarning ¾ qismi 2-3-smenada o`qidi. Maktablarning 32 %i vodoprovod, 60 %i markaziy isitish tarmog’i bilan ta’minlanmagan edi. Bir qancha joylarda ortiqcha ishchi kuchlari paydo bo`lib, ishsizlik kuchaydi. Birgina Farg’ona vodiysida 200 ming yigit va qiz ishsiz edi. Qishloq oilasining har bir a’zosiga to`g’ri keladigan oylik daramod Rossiyada 98,1 so`mni tashkil qildi. O`zbekistonda tomorqasidan tushadigan daromad bilan birga 58,9 so`mga teng bo`ldi, turmush darajasi SSSR miqiyosida oxirgi o`rinlarga tushib qoldi. 70-80 yillarda partiyaviy rahbarlikning ma’muriy-buyruqbozlik uslubi tendensiyasi kuchaydi. Hamma sohalarda boshqarish funksiyalari partiya 436 tashkilotlari qo`lida to`plangan edi. SSSR Konstitusiyasiga binoan davlatning hokimiyat organlari xalq deputatlari sovetlari hisoblangan. Biroq amalda ular Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling