Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Oliy va o`rta maxsus ta’lim urushdan keyin ancha o`sdi va 50-yillarda 3 ta 
oliy o`quv yurti: Andijonda medisina, Toshkentda Elektrotexnik aloqa va 
Fizkultura institutlari ochildi. 60-yillarda 8 ta yangi oliy o`quv yurti: Andijon 
paxtachilik, Farg’ona politexnika, Samarqand arxitektura-qurilish institutlari; 
Termiz, Sirdaryo, Toshkent viloyat pedagogika institutlari; Andijon tillar
Toshkent rus tili va adabiyoti pedagogika institutlari ochildi. 70-yillarda 5 ta oliy 
o`quv yurti: Nukus davlat universiteti; Toshkent avtomobil yo`llar va Pediatriya 
institutlari ochildi. Yangi mutaxassisliklar bo`yicha kadrlar tayyorlash yo`lga 
qo`yilib, yangi fakultetlar, viloyatlarda yirik oliy o`quv yurtlarining fililallari 
ochildi.
Oliy o`quv yurtlari soni 1960 yil 30 tani, 1985 yil 42 tani tashkil etdi. Ularda 
828 mingga yaqin turli mutaxassislar tayyorlandi. O`rta maxsus o`quv yurtlari 
soni 1960 yil 75 taga va 1985 yil 249 taga etdi. Ularda 1 mln 135 mingga yaqin 
o`rta maxsus ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlandi. Mutaxassis kadrlarni 
tayyorlashda kamchiliklarga yo`l qo`yildi. Ekstensiv metod, ya’ni son jihatdan ko`p 
kadrlar tayyorlash 1-o`rinda bordi.
O`zbekiston Fanlar akademiyasi (O`zFA) urush yillarida (1943) tashkil 
etilgan. 1946-1990 yy. yangi ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, ilmiy 
stansiyalar tashkil etildi. Akademiya tarkibida 80-yillar boshida Qoraqalpog’iston 
ASSR fililali va 35 ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyat ko`rsatdi. 38 ming ilmiy 
xodim, 1215 fan doktori, 15664 fan nomzodi tadqiqot ishlari olib bordi.
Paxtachilik va sug’orishga doir O`zbekistonda kompleks tadqiqotlar olib 
borildi. Tuproqlarning klassifikasiyasi tuzildi, u iqlimiy rayonlashtirildi, 
kartalashtirildi. Akademik S.Rijov sug’oriladigan tuproqlarning unumdorlik 
darajasi haqidagi tushunchani ishlab chiqdi hamda sug’oriladigan tuproqlar tip 
sifatida belgilandi.
A.Askomchenskiy, V.Pavlovskiy, R.Alimovlar suv to`g’onining yangi 
konstruksiyasi, gorizontal va vertikal zovurlar sistemasi, g’o`za o`stirishning 
takomillashgan texnologiyasini ishlab chiqdilar. Bu tadqiqotlar Mirzacho`l, 


439 
Dalvarzin, Sherobod, Qarshi cho`llari, Markaziy Farg’onada katta maydonlarni 
o`zlashtirish va qishloq xo`jaligida foydalanishga ko`maklashdi.
Akademik A.Sodiqov g’o`zadan o`stiruvchi moddalar va boshqa preparatlar 
sintez qildi. N.Rahmatullin, U.Oripov chigitni tuksizlantirishning mexanik va 
aerokimyoviy usullarini ishlab chiqdi. Seleksioner olim S.Mirahmedov va 
boshqalar paxtaning “Toshkent – 1,2,3,4” singari hosildor, tezpishar, tolasi sifatli 
yangi navlarini etishtirdi. YAna sholining 20, sabzavot va poliz ekinlarining 50, 
meva va uzumning 60 dan ortiq navlari; tut, ipak qurtining mahsuldor zotlari 
etishtirildi.
O`zbekiston geologiyasini o`rganish, foydali qazilmalarni topish borasida 
1946-1959 yy. er po`sti yadro taraqqiyoti, rudalarning intruziyalar bilan bog’liqligi 
haqidagi ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqildi. O`zbekiston olimlarining er po`sti va 
yuqori mantiyasini o`rganish, zilzilalarning geoximik darakchilarini aniqlash 
sohasidagi tadqiqotlari xalqaro maydonda e’tirof etildi.
H.Abdullaev, 
I.Hamraboev, 
I.Isomuhamedov, 
X.Boymuhamedov, 
K.Boboev, A.Akramxo`jaev, X.To`laganov, G’.Mavlonovlar dunyo rudali-
petrografik 
provinsiyalari 
klassifikasiyasi, 
elementlarning 
geoximik 
klassifikasiyasi, O`rta Osiyo litosferasining geologik-geofizik modellarini ishlab 
chiqdi.
M.O`rozboev, H.Rahmatullin, V.Qobulov, H.Usmonxo`jaev, G.Kojevnikov 
O`zbekistonda mashina va mexanizmlar nazariyasi ilmiy maktabiga asos soldi. 
Paxta terish mashinalari unumdorligini oshirish va stabilligi nazariyasi, richagli 
mexanizmlarni sintez qilishning ilmiy yo`nalishi ishlab chiqildi. 
Kibernetika instituti O`zbekistonda 1966 yil tashkil etilgach, akademik 
V.Qobulov etakchiligida sanoat korxonalarida kibernetika va hisoblash texnikasi 
asosida boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari yaratildi. Akdemik 
H.Usmonov rahbarligida kimyogarlar paxta tolasining pishib etilish jarayoni, 
texnologik xususiyatlar paxta navlariga bog’liqligi, mashina terimining qulay 
muddatini aniqladi. H.Usmonov jahonda eng yaxshi standartli paxta sellyulozasini 


440 
olish texnologiyasini ishlab chiqdi. G’ijimlanmaydigan gazlamalar olish usulini, 
polimer dorilarni yaratdi.
Akademik O.Sodiqov va S.Yunusov etakchiligidagi kimyogarlar o`simlik 
moddalari (alkoloidlar, yurak glikozidlari, yog’lar, oqsillar, uglevodlar), tabiiy 
birikma va sintetik moddalar ustida kompleks tadqiqotlar olib bordi. Ular 400 ta 
dorivor o`simliklar turini, 300 dan ortiq alkoloidni, shundan 164 ta yangilarini 
aniqladilar. G’o`zadan 80 dan ortiq moddalar olindi. O.Sodiqov bioorganik kimyo 
fanining vujudga kelishiga ma’lum hissa qo`shdi. U ixtiro qilgan limon va olma 
kislotalari olish texnologiyasi oltin medalga sazovor bo`ldi.
Kardiolog olimlar yurak qon-tomir kasalliklari ustida ilmiy tadqiqotlar qilib 
gipertoniya, 
ateroskleroz, 
miokard 
infarkti, 
stenokardiya, 
revmotizm 
kasalliklarining iqlimga bog’liq xususiyatlarini ochib berdilar. N.Majidov, 
M.Qoriev, R.Po`latova asab sistemasi, qon tomirlari, insult, o`tkinchi miya qon 
aylanishining buzilishi kabi kasalliklarni davolash metodlarini ishlab chiqdi.
Arxeolog, etnograf, antrapolog olimlar o`zbek xalqining etnik tarkibi, 
etnogenezi shakllanishi tarixiga oid asarlar yaratdi. O`zbekistonda qadimgi 
davrdan odamlar yashab kelayotganligi, bundan 3000-2500 yillar ilgari shaharlar 
bunyod etilgani isbotlandi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling