Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. “Qayta qurish” siyosatining barbod bo`lishi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

4-§. “Qayta qurish” siyosatining barbod bo`lishi. 
O`zbekiston mustaqillik tomon yo`l tutishi 
“Qayta qurish” siyosatining barbod bo`lishi. SSSRda XX asrning 70-80 
yillarida iqtisodiyotning rivojlanish sur’ati pasayib, xarajatlar ortib bordi. 
Imkoniyatlarni hisobga olmasdan qabul qilingan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, 
energetika, ekologiya sohalaridagi dasturlar samara bermadi. Mamlakat katta tabiiy 
resurslarga ega bo`lsada, xo`jaliklar ularning etishmovchiligiga duch keldi.
Iqtisodiyot ekstensiv yo`lda ko`p qo`shimcha mehnat va moddiy resurslarni 
ishlab chiqarishga jalb etish yo`lida depsinayotgan edi. Dunyodagi ko`p 
mamlakatlar fan-texnika inqilobi tufayli xalq turmushida ijobiy burulishlarga 
erishayotgan edi. SSSR ushbu jarayondan orqada qolib ketdi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past bo`lgani 
uchun mahsulotlar sotilmasdan to`planib qolayotgan edi. Ma’muriy-buyruqbozlik 
tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiy 
islohatlarni yo`qqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag’ ajratishda qoldiq 
tamoyili 
va 
taqsimotda 
tekischilik 
hukmron 
edi. 
Odamlar 
mulkdan 
begonalashtirilgani uchun loqayd edi.
Iqtisodiyotning o`z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga 
buyruqbozlik boshqaruv usuli, sansalorlik, qog’ozbozlik, majlisbozlik to`sqinlik 
qildi. Huquq va qonuniylik puturdan ketgan edi. Xo`jalikni boshqarishda 200 
mingta turli buyruqlar, qonunsimon hujjatlar hukmron bo`lib, xo`jalik xodimlarini 
nazorat qilib, tashabbuskorlikni bo`g’ar edi. Dunyoda eng kuchli ikki davlatdan 
biri deb kelingan SSSRda inqiroz etildi.
KPSS MQning 1985 yil Aprelda bo`lgan Plenumi noxush tendensiyalar 
yig’ilib, SSSR tanglik vaziyaitga tushib qolganini ilk bor e’tirof etdi. Mazkur 
plenum jamiyatni “Qayta qurish” orqali iqtisodiyotni ko`tarish, turmushni 
yaxshilash siyosatini belgiladi. Markaziy rahbariyat tomonidan 1985-1986 yy. 
jiddiy o`zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning murakkabligi hali 


445 
to`la idrok etilmagan edi. 1987 yildagi siyosiy tizimni va iqtisodiyotdagi partiyaviy 
rahbarlikni saqlab qolgan holda xo`jalik mexanizmini isloh qilishga urinish ham 
samara bermadi, iqtisodiy islohatlar barbod bo`ldi.
80-yillar oxirida siyosiy sistemani, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va 
mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo`jalik organlarini Kompartiya 
hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to`la hukmronligini 
ta’minlashga urinish ham behuda ketdi. 
“Qayta qurish” siyosati davrida iqtisodiyotda kuchli buzilishlar ro`y berdi. 
Markaz “qayta qurish”ning ilmiy va nazariy jihatdan aniq dasturini ishlab 
chiqolmadi. Iqtisodiy siyosat sinov va eksperimentlarga asoslangan edi. Mamlakat 
sinovlar va xatolar bilan siljib bordi. Mamlakat imkoniyatlarini hisobga olmasdan 
xalq xo`jaligining barcha sohalarini bir vaqta rivojlantirishdan iborat noto`g’ri yo`l 
tutildi. I.Karimov “bu hol cheklangan mablag’larning parokanda bo`lishiga, moliya 
va ta’minot tizimining izdan chiqishiga olib keldi” degan edi.
Sovet rahbariyati inqirozdan chiqish uchun ma’muriy-buyruqbozlik tizimini, 
resurslarni markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish asosida boshqarish va 
taqsimlash yo`lidan tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o`tish kerakligini 
kech tushundi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish zaruriyati 1990 yilga kelganda anglandi 
va dastur va qararlar qabul qilindi. Biroq vaqt boy berilgan, iqtisodiyot barbod 
bo`lgan, moliyaviy va narx tizimi izdan chiqqan, boshqaruv tizimi falaj bo`lib 
qolgan, SSSR tanazzulga yuz tutgan edi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling