Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Tasviriy san’atda Ch.Ahmarov va O`.Tansiqboev devoriy rasm, mozaika va 
manzara janrlarida; V.Kaydalov va M.Nabiev portret janrida; M.Usmonov ganch 
o`ymakorligi, Q.Haydarov va O.Fayzullaev yog’och o`ymakorligi bo`yicha asarlar 
yaratdi. Toshkentda zamonaviy sirk binosi 1976 yil qurildi. Sirk ustalari 
Toshkenboevlar, Zaripovlar, Xo`jaevlar, Madalievlar; masxaroboz-qiziqchi 
A.YUsupov ijod qildi.
Madaniy hayotga va ijodiy ishlarga partiyaviylik, sinfiylik tamoyillar 
asosida yondoshish inqirozga olib keldi. Kommunistik mafkuralashtirish
ma’muriy-buyruqbozlik madaniy hayotga zarar etkazdi.


443 
Sh.R.Rashidov (1917-1983) davlat va jamoat arbobi, adib sifatida faoliyat 
olib borgan. Ikkinchi jahon urushida qatnashib, urush haqida asarlar yozgan. U 
1949-1950 yy. Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi bo`lib ishladi. “Bo`rondan 
kuchli”, “Qudratli to`lqin”, “G’oliblar” romanlarini yozdi. Sh.Rashidov faoliyatida 
50-yillardan boshlab mas’uliyatli davr boshlandi. U 1950-1959 yy. O`zbekiston 
Oliy Kengashi Rayosati Raisi, 1959-1983 yy. O`zbekiston Kommunistik Partiyasi 
Markaziy Qo`mitasi (O`zKP MQ) birinchi kotibi lavozimida ishladi.
60-80 yillarda qurilgan sanoat korxonalari, yirik inshoatlar Sh.Rashidov 
nomi bilan bog’liq bo`lib, Mirzacho`l, Qarshi, Jizzax, Yozyovon, Surxon-
Sherobod cho`llari o`zlashtirildi. Sh.Rashidov rahbarligi davrida Navoiy, 
Zarafshon, Uchquduq, Yangier, Guliston kabi yirik shaharlar barpo etildi. 
Toshkentda metropoliten qurilishining tashkilotchisi bo`ldi. 
Jahonda “Toshkent ruhi” sifatida 1966 yil vujudga kelgan mashhur 
tushuncha Sh.Rashidov nomi bilan bevosita bog’liq, bu Toshkentda tuzilgan 
xalqaro harakatdir. Sh.Rashidov Osiyo va Afrika yozuvchilari hamkorligi 
harakatining; Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi xalqaro kinofestivalining
Hindiston va Pokiston o`rtasida tinchlik sulhi imzolanishining tashabbuskori 
bo`ldi. Sh.Rashidov vafot etgach uning xotirasi oyoqosti qilindi va “sharof 
rashidovchilik” atamasi o`ylab topildi.
I.Karimovning jasorati tufayli Sh.Rashidovning nomi oqlandi, o`zbek 
xalqining milliy g’ururi ham himoya qilib qolindi. I.Karimov 1992 yil 
“Xalqimizning otashqalb farzandi” asarida: “Bu murakkab shaxs, bir tarafdan, 
milliy manfaatlarni o`ylashga, ikkinchi tarafdan Markazdan kelgan, tub 
manfaatlarga zid buyruqlarni hayotga tadbiq etishga majbur bo`lganini 
unutmasligimiz zarur” - deb aytgan edi.. 
Tayanch so`zlar: ma’muriy buyruqbozlik, “rivojlangan sosializm”, ekstensiv 
metod,
Sh.R.Rashidov,
7 yillik umumiy majburiy ta’lim,
11 yillik maktablar,

yillik ta’lim, Umumiy o`rta ta’limga o`tish,
Toshkentda zamonaviy sirk binosi,
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining xalqaro kinofestivali. 


444 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling