Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston Davlat mustaqilligi.
1991 yil 19-21 avgustda Moskvada davlat to`ntarishi bo`ldi, «Favqulodda
Holat Davlat Komiteti» tuzilib, Prezident M.Gorbachev vakolati vise-prezident G.Yanaevga o`tganini e’lon qildi. I.Karimov 1991 yil 19 avgust kechqurin Hindiston safaridan qaytishi bilan Toshkent shahar faollari bilan uchrashib O`zbekistoning nuqtai nazarini qat’iy ma’lum qildi. O`zbekistonning mustaqillikka erishish yo`li o`zgarmasligi haqida 1991 yil 20 avgustda Bayonat qabul qilindi, shu kuni I.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqdi. «Favqulodda Holat Davlat Komiteti»ning O`zbekistonga zid qarorlari 1991 yil 21 avgustda Prezident I.Karimov farmoni bilan noqonuniy deb e’lon qilindi. Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi Qo`mitasi 1991 yil 25 avgustda I.Karimov Farmoniga binoan O`zbekiston tasarrufiga olindi. Ichki ishlar vazirligi, Davlat Xavfsizlik qo`mitasi, prokuraturasi, adliya organlari, ichki qo`shinlar, Turkiston harbiy okrugi partiyadan butunlay xoli qilindi. Oliy Kengash Rayosati 1991 yil 26 avgustda Mustaqillik to`g’risida qonun loyihasini tayyorlash va 31 avgusta Oliy Kengash sesiyasini chaqirish haqida qaror qildi. O`zKP MK va Partiya nazorat komissiyasining 1991 yil 28 avgustdagi qo`shma Plenumi O`zKPning KPSS MK bilan aloqasini to`xtatish, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqish, uning Markaziy organlaridan o`z vakillarini chaqirib olish haqida qaror qildi. O`zbekiston Oliy Kengashining 12-chaqiriq navbatdan tashqari 6-sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o`z ishini boshladi. O`zbekiston Davlat mustaqilligi. Sessiyada «Davlat mustaqilligi» va «Davlat bayrog’i» to`g’risidagi masalalar kun tartibiga qo`yilib, qizg’in muhokama 456 qilindi. Oliy Kengash 1991 yil 31 avgustda «Davlat mustaqilligi to`g’risida» Qonun va Bayonat qabul qildi. O`zSSR nomi «O`zbekiston Respublikasi» deb o`zgartirildi. O`zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini xalqaro huquqiy hujjatlarga asoslangan «Davlat mustaqilligi to`g’risida»gi Oliy Kengash Bayonati e’lon qildi. Mustaqillik kuni - 1 sentyabr belgilanib, 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. Mutaqillikka erishish uchun 1991 yil o`rtalarida SSSRning emirilishi, Ittifoq hukumati boshqaruvni qo`ldan chiqargani tufayli qulay tarixiy shart-sharoit paydo bo`lgan edi. 17 moddadan iborat «Davlat mustaqilligi asoslari to`g’risida»gi Qonun O`zbekistonning asosiy belgilarini belgilab berdi va vaqtincha Konstitusiya rolini bajardi. «Davlat mustaqilligi asoslari to`g’risida»gi Qonunga 1991 yil 30 sentyabrda Oliy Kengashning 7-sessiyasida Konstitusiyaviy Qonun maqomi berildi. O`zbekiston Respublikasi referendumini 1991 yil 29 dekabrda o`tkazish to`g’risida 1991 yil 1 noyabrda Oliy Kengashning 8-sessiyasida qaror qabul qilindi. O`zbekistonni mustaqil davlat deb e’lon qilinishini Referendum (1991, 29 dekabr)da 10 mln. - 94 % kishi qatnashib 9,7 mln. - 98 % kishi yoqlab ovoz berdi. Referendumda AQSH, Turkiya, Malayziyadan kelgan kuzatuvchilar qatnashdi. O`zbekiston mustaqilligini 4 oy mobaynida 60 dan ortiq davlat tan oldi. Hozir 170 dan ortiq davlat bilan diplomatik munosabatlar o`rnatilgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling