Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Xalq ta’limi, fan va madaniyat. Qoraqalpoq xalq qahramonlari Ernazar 
Olako`z, Ollayor Do`stnazarov adolat va tenglik uchun kurashgan. Qoraqalpok 
klassik shoirlaridan Berdaq va Ajiniyozning ijodiy merosi to`la tiklandi. Bugungi 
kunda 
qoraqalpoq 
yozuvchi-shoirlari 
Ibroyim 
YUsupov, 
To`lepbergen 
Qaipbergenov, Tilovbergen Jumamuratov asarlari ma’naviyat xazinasidan o`rin 
oldi. Qoraqalpoqlarning yirik olimlari Sobir Kamolov, Charjau Abdirov fan 
rivojiga katta hissa qo`shdi.
Uzliksiz ta’limni tubdan isloh qilishda I.Karimov tashabbusi bilan qabul 
qilingan «Ta’lim to`g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
asosida 2003 yilga kelib samarali natijalarga erishildi. Qoraqalpog’istonda 1998-
2002 yy. 3 ta akademik lisey va 33 ta kasb-hunar kollejlari qurildi. Hozirgi paytda 
Qoraqalpog’istonda 763 ta umumta’lim, 405 ta maktabgacha, 91 ta maktabdan 
tashqari ta’lim muassasasi, 28 ta sport maktabi faoliyat ko`rsatmoqda.
O`rta bo`g’indagi kadrlarni tayyorlashda 2003 y. 71 ta o`quv yurti: 68 ta 
kasb-hunar kolleji, 3 ta akademik lisey faoliyat ko`rsatdi (51 ming o`quvchi ta’lim 
olmoqda). Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat Universitetida 33 ta 
mutaxassislik bo`yicha bakalavrlar, 15 ta mutaxassislik bo`yicha magistrlar 
tayyorlanmoqda. Ajiniyoz nomli Nukus Davlat pedagogika institutida 15 ta 
fakul’tetida 4 ming 402 ta talaba o`qiydi. Nukusda 1991 yil Toshkent Pediatriya 
tibbiyot institutining Qoraqalpog’iston filiali tashkil etildi.
Fan sohasida ham 1991-2003 yy. sezilarli o`zgarishlar bo`ldi. O`zR Fanlar 
Akademiyasining Qoraqalpoq filialiga 1992 yil O`zR FA Qoraqalpoq bo`limi 


467 
maqomi berildi. Ilgari FAning Qoraqalpoq filialida 3 ta institut bo`lsa, yana 2 ta 
institut: 1) Tarix, arxeologiya va etnografiya; 2) Bioekologiya institutlari qo`shildi. 
FA tarkibiga 1994 yil O`zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli tajriba 
instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi.
FAning 4 ilmiy xodimi: M.Qalandarov, R.Esemuratova, A.To`raboev, 
D.Qozoqboev 1996 yil Qoraqalpoq fanida erishilgan yutuqlar va 4 jildlik 
«Qoraqalpoq tilining izohli lug’ati»ni yaratgani uchun Beruniy nomidagi Davlat 
mukofoti bilan taqdirlandi.
O`zR Qishloq xo`jaligi FAning Qoraqalpoq bo`limi 1992 yil tashkil etildi. 
Qoraqalpog’istonda 60 ta fan doktori va 600 ta fan nomzodidan 30 %i mustaqillik 
yillarida ilmiy daraja oldi. «Bioekologiya» instituti xodimlari 1993 yildan beri 
Germaniya olimlari bilan birga Orolbo`yi ekologiyasi muammolari bo`yicha 
tadqiqotlar olib bormoqda. GFR yordamida «Bioekologiya» institutining xalqaro 
ekologiya stansiyasi 1995 yil Mo`ynoqda ochildi. «Tarix, arxeologiya va 
etnografiya» instituti Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari va fransuz 
arxeologlari bilan birgalikda ish olib bormoqdalar.
Davlatmurod Karimov «Qur’oni karim»ni o`zbek tilidan qoraqalpoq tiliga 
tarjima qilgan. 1999 yil 4 mayda T.Qaipbergenov va I.YUsupov «El-yurt hurmati» 
ordeni bilan taqdirlandi. Qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marta 1996 yil 
«Oyjamol» baleti (N.Muhammedinova musiqasi, T.Xodjaev asari) sahnalashtirildi.
Qoraqalpog’iston Jo`qarg’i Kengesi va Vazirlar Kengashining «Erkin 
Qoraqalpog’iston», «Qoraqalpog’iston xabarlari» gazetalari chiqadi. Yozuvchilar 
uyushmasining «Amudaryo» jurnali chop etiladi. Hukumatga qarashli bo`lmagan 
1991 yildan «Orol qizlari» jurnali chop etila boshladi. Mustaqillik yillarida Nukus 
shahrining 60, To`rtko`l shahrining 120 yilligi; Ajiniyozning 170, A.Temurning 
660 yilligi nishonlandi. Nukus shahrining 60 yilligi bayramida I.Karimov 
«O`zbekiston taqdiri, bu - Qoraqalpog’iston taqdiridir, o`zbek xalqining taqdiri, bu 
- qoraqalpoq xalqining kelajagidir» - deb aytgan edi.


468 
Tayanch so`zlar: Turon pasttekistligi, Tyanshan va Olay tog’lari, Qizilqum 
cho`llari,
Muruntov oltin koni, Oqtepa kumush koni, Olmaliq ruda konlari, 
Qoraqalpog’iston
Jo`qarg’i Kengesi, «Bioekologiya» instituti,
T.Qaipbergenov, 
I.YUsupov.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling