Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

O`zbekiston aholisi 1991 yil 20,7 mln. kishini tashkil etgan bo`lsa, 
mustaqillik davrida 125, 6 % ga o`sdi va 2016 yil 1 yanvarda 32 mln.dan oshdi. 
O`zbekistonda 120 dan ortiq millat va elatlarning vakillari yashaydi. 1989 yil 
o`zbeklar 71,4 % ni tashkil etgan bo`lsa, 2005 yil 80 % ga etdi, aholining 64 % 30 
yoshgacha bo`lgan yoshlar.
O`zbekistonning mehnat zahiralari aholining 50 %ini tashkil etadi, mehnatga 
yaroqli aholi har yili 210-220 ming kishiga ko`paymoqda. Aholining savodxonlik 
darajasi 90,06 % ni tashkil etadi. 15 va undan katta yoshdagi har 1000 kishiga oliy 
va to`liqsiz oliy ma’lumotlilar soni 143 kishini, o`rta maxsus ma’lumotlilar soni 
200 kishini tashkil etadi.
O`zbekiston – boy imkoniyatlar mamlakati. O`zbekiston hududida muhim 
strategik manbalar qidirib topilgan: neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo`yicha 155 
ta kon; qimmatbaho metallar bo`yicha 40 dan ortiq kon; rangli, nodir va radioaktiv 
metallar bo`yicha 40 ta kon; konchilik-kimyo xomashyosi bo`yicha 15 ta kon 
mavjud.
Gaz zaxiralari 2 trln. m.3, ko`mir 2 mlrd. t. Eng yirik gaz va neft konlari 
Ustyurt, Buxoro-Xiva, janubi-g’arbiy Hisor, Surxandaryo, Farg’onada joylashgan. 
Farg’ona, Oltiariq va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlarida turli xil neft va gaz 
mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ko`mir Angren, Sharg’un va Boysun konlarida 
qazib chiqarilmoqda. Energiya manbalaridan Chorvoq, G’azalkent, Farhod 


462 
GESlari, jami 28 gidroelektroenergetik stansiya; Sirdaryo, Navoiy, Angren issiqlik 
elektrostansiyasi bor.
Oltinning asosiy zaxiralari, konlari Markaziy Qizilqumda joylashgan. Eng 
yirik kon Muruntov oltin koni. O`zbekistonda 40 dan ortiq oltin konlari topilgan, 
ulardagi zaxiralar bo`yicha O`zbekiston dunyoda 4-o`rinda turadi. Kumush 
konlarining eng yirigi Namangan viloyatidagi Oqtepa kumush konidir.
Rangli metallar zaxiralari Olmaliq ruda konlarida ko`proq jamlangan. 
O`zbekistondagi eng yirik Olmaliq kon metallurgiya kombinatida Qalmoqqir va 
boshqa konlardan olingan rangli metallar qayta ishlanadi. Qo`rg’oshin-rux asosan 
Jizzaxning Uchquloch va Surxondaryoning Xondiza konlarida qazib olinadi. 
Respublikada yana 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro koni topilgan. Eng yirigi 
G’ozg’on, Nurota, Forish, Zarband konlaridir.
Kimyo korxonalarida qimmatli yarim tayyor mahsulot - kaprolaktam ishlab 
chiqarish yo`lga qo`yilgan. Superfosfat va soda ishlab chiqaruvchi Qizilqum 
fosfarit kombinati va Qo`ng’irot soda zavodi eng yirik korxonalardir. 
O`zbekistonda hozirga qadar 2700 dan ziyod qazilma konlari va ma’dan mavjud 
bo`lgan joylar aniqlangan. Umumiy mineral xomashyo potensiali 3,3 trln. AQSH 
dollaridan ortiq baholangan.
O`zbekistonning er fondi 44,74 mln. gektarni tashkil etadi; shundan 32 mln. 
gektari qishloq xo`jaligida foydalaniladi, qishloq xo`jalik erlarining katta qismi – 
83,5 % o`tloq va yaylovlardan iborat. Sug’oriladigan erlarning umumiy maydoni 
4,3 mln. gektar bo`lib, asosan Farg’ona va Zarafshon vodiylari, Qashqadaryo, 
Surxandaryo, Xorazm vohalari va Mirzacho`lda joylashgan.
O`zbekistonda tashqi bozorda talab katta bo`lgan paxta tolasi etishtiriladi. 
Buxoro, Andijon, Farg’ona to`qimachilik kombinatlari, 30 dan ortiq ip yigiruv-
to`quv fabrikalari, ko`plab paxtani qayta ishlash va yog’ zavodlari ishlamoqda. 
O`zbekiston paxta tolasi ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda 4-o`rinda turadi. Paxta 
tolasini eksport qilish bo`yicha 2-o`rinda turadi. O`zbekistonda har yili 16,5 mln. 
dekalitr hajmda 30 xildagi vino, shampan, konyak ishlab chiqariladi. O`zbek 
vinolari tanlovlarda 92 ta medal bilan taqdirlangan.


463 
Mineral-xomashyo va qishloq xo`jalik resurslari xorijiy mamlakatlar bilan 
o`zaro manfaatli hamkorlik qilish, respublika iqtisodini rivojlantirishning muhim 
omilidir. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling