Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


O`zbekistonning ma’muriy-hudududiy tuzilishi va


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

O`zbekistonning ma’muriy-hudududiy tuzilishi va 
moddiy imkoniyatlari 
O`zbekistonning ma’muriy-hududiy maqomi Konstitusiyaning 68-69 
moddalarida belgilab qo`yilgan. O`zbekiston - viloyatlar, tumanlar, shaharlar, 
qishloqlar, ovullar va Qoraqalpog’istondan iborat. Ularning chegaralarini 
o`zgartirish; viloyat, shahar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish Oliy Majlis 
roziligi bilan amalga oshiriladi, deyilgan. O`zbekiston poytaxti Toshkent shahri 
bo`lib, O`zbekiston tarkibiga Qoraqalpog’iston va 12 ta ma’muriy viloyat, 120 ta 
shahar, 159 ta qishloq tumanlari kiradi. Tumanlar tasarrufida 116 shaharcha, 1470 
qishloq va ovullar bor.
O`zbekiston hududi shimoli-g’arbda Turon pasttekistligi, janubi-sharqda 
Tyanshan va Olay tog’lari, janubi-g’arbda Qizilqum cho`llarining bir qismini 
egallaydi. O`zbekiston hududi 448,9 ming kv.km., sharqdan g’arbgacha 1425 km., 
janubdan shimolgacha 930 km. cho`zilgan. 
Qoraqalpog’iston 1990 yil 14 dekabrda suveren respublika deb e’lon 
qilingan. Bu holat 1991 yil 31 avgustda “O`zbekiston davlat mustaqilligi asoslari 
to`g’risida” qonunda o`z aksini topgan. Qoraqalpog’iston poytaxti Nukus shahri 
bo`lib, maydoni 166,6 ming kv.km., aholisi 1569,9 ming kishi. Tarkibida 14 ta 
qishloq tumani, 12 ta shahar, 17 ta shaharcha kiradi, Nukus shahrida 236700 kishi 
yashaydi. 


460 
Andijon viloyati markazi Andijon shahri bo`lib, viloyat 1941 yil 6 martda 
tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming kv.km., aholisi 2342,7 ming kishi (2005). 
Tarkibida 14 ta qishloq tumani, 11 ta shahar, 5 ta shaharcha mavjud.
Buxoro viloyati markazi Buxoro shahri bo`lib, viloyat 1938 yil 15 aprelda 
tashkil etilgan. Maydoni 40,3 ming kv.km., aholisi 1507,6 ming kishi. Tarkibida 11 
ta qishloq tumani, 11 shahar, 3 ta shaharcha bor.
Jizzax viloyati markazi Jizzax shahri bo`lib, viloyat 1973 yil 28 dekabrda 
tashkil etilgan. Maydoni 21,2 ming kv.km., aholisi 1043,3 ming kishi. Viloyat 
tarkibida 12 ta qishloq tumani, 7 ta shahar, 8 ta shaharcha mavjud. 
Navoiy viloyati markazi Navoiy shahri bo`lib, viloyat 1982 yil 20 aprelda 
tashkil etilgan, 1988 yil 6 sentyabrda tugatilib, 1992 yil 28 iyunda qayta tiklandi. 
Maydoni 111,0 ming kv.km., aholisi 810,2 ming kishi, 8 ta qishloq tumani, 7 ta 
shahar, 8 ta shaharcha bor.
Namangan viloyati markazi Namangan shahri bo`lib, viloyat 1941 yil 11 
martda tashkil etilgan, 1960 yil 25 yanvarda tugatilib, 1967 yil 18 dekabrda qayta 
tiklangan. Maydoni 7,4 ming kv.km., aholisi 2073,2 ming kishi, 11 ta qishloq 
tumani, 8 ta shahar, 12 ta shaharcha bor.
Samarqand viloyati markazi Samarqand shahri bo`lib, viloyat 1938 yil 15 
yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 16,8 ming kv.km., aholisi 2862,1 ming kishi, 14 
ta qishloq tumani, 11 ta shahar, 12 ta shaharcha bor.
Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahri bo`lib, viloyat 1963 yil 16 
fevralda tashkil etilgan. Maydoni 4,3 ming kv.km., aholisi 672,2 ming kishi, 8 ta 
qishloq tumani, 5 ta shahar, 6 ta shaharcha bor.
Surxandaryo viloyati markazi Termiz shahri bo`lib, viloyat 1941 yil 6 
martda tashkil etilgan. Maydoni 20,1 ming kv.km., aholisi 1894,9 ming kishi, 14 
qishloq tumani, 8 ta shahar, 7 ta shaharcha bor.
Toshkent viloyati markazi Toshkent shahrida joylashgan, viloyat 1938 yil 15 
yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 15,6 ming kv.km., aholisi 4520,4 ming kishi, 15 
ta qishloq tumani, 16 ta shahar bor. Toshkent shahri aholisi 2135,7 ming kishi, 11 
ta tumani bor. 


461 
Farg’ona viloyati markazi Farg’ona shahri bo`lib, viloyat 1938 yil 15 
yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 6,7 ming kv.km., aholisi 2840,9 ming kishi, 15 
ta qishloq tumani, 9 ta shahar, 10 ta shaharcha bor.
Xorazm viloyati markazi Urganch shahri bo`lib, viloyat 1938 yil 15 
yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 6,1 ming kv.km., aholisi 1432,8 ming kishi, 10 
ta qishloq tumani, 3 ta shahar, 7 ta shaharcha bor.
Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahri bo`lib, viloyat 1943 yil 20 
yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 28,6 ming kv.km., aholisi 2378,5 ming kishi, 13 
ta qishloq tumani, 12 ta shahar, 4 ta shaharcha bor.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling