Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Yangi Ittifoq Shartnomasi. 80-yillar oxiri – 90 yillar boshida markaz va
ittifoqdosh respublikalar o`rtasidagi munosabatlar keskinlashib, markazning obro`yi pasaydi. 90-yillarga kelib totalitar buyruqbozlik boshqaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o`zi ko`rsata boshladi. 1990 yil 6 avgustda Prezident M.Gorbachevning «YAngi Ittifoq Shartnomasining asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga o`tishning Ittifoq Dasturi Konsepsiyasini tayyorlash haqida» Farmoni e’lon qilindi. SSSR va RSFSR rahbarlaridan tuzilgan komissiyaga 1990 yil sentyabrdan kechikmasdan Hukumat Dasturini ishlab chiqish topshirildi 1990 yil 4 sentyabrda Minstrlar Soveti raisi N.Rijkov SSSR Oliy Kengash 4- sessiyasida «Boshqariladigan bozor iqtisodiga tayyorgarlik va xalq xo`jaligida barqarorlikni vujudga keltirish» haqida ma’ruza qildi. Ma’ruzada deputatlarning fikrlari inobatga olinsada deputatlarda Hukumatga ishonch yo`qola borishi sababli sessiya Hukumat Dasturini qabul qilmadi. Hukumat Dasturi sobiq Ittifoqni saqlab qolishni va iqtisodiyotni sosialistik yo`ldan rivojlantirishni ko`zda tutar edi. 1990 yil 11 sentyabrda RSFSR Oliy Sovetining 2-sessiyasi S.SHatalinning «500 kun» Dasturini qabul qildi. SSSR Oliy Sovetining 4-sessiyasi (1990, 21 sentyabr) ikkala Dasturni ham qabul qilmay, Hukumat va SHatalin Dasturlaridan iborat Yagona Dastur ishlab chiqish (24 sentyabr) vazifasini berdi. Sessiya 1990 yil 18 oktyabrda «bozor iqtisodiyotiga o`tish zarurat, ammo u sosialistik yo`nalishiga ziyon etkazmaydi» degan xulosa berdi. Hayot xalq xo`jaligini bozor iqtisodiyotiga o`tkazishni 80-yillar oxiriga kelib kun tartibiga qo`ya boshladi (uning huquqiy asoslarini yaratishni zaruratga aylantirdi). Ijtimoiy iqtisodiy tanazzulni SSSR ijtimoiy-siyosiy hayotida vujudga kelgan 3 ta yo`nalishdagi kuchlar manfaatining to`qnashuvi yanada chuqurlashtirmoqda edi: 1-kuchlar: N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari bo`lib, ular: SSSRni saqlab qolish, markazdan boshqarish, sosialistik yo`ldan voz kechmaslikni talab qilar edi. 2-kuchlar: S.SHatalin guruhi tarafdorlari bo`lib, ular: sosializmdan voz kechish, SSSRni tarqatib mustaqil davlatlar tuzish, xususiylashtirish, fermerlik tuzishni ko`zda tutar edilar. 3-kuchlar: M.Gorbachev Dasturini quvvatlovchilar 453 bo`lib, ular: murosa, ikki dasturni uyg’unlashtirish, SSSRni saqlab qolish, buyruqbozlik; yangi Ittifoq Shartnomasida mamlakat nomini «Mustaqil Sovet Respublikalari», «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi» deb atash g’oyasini ilgari surar edilar. SSSRning ijtimoiy taraqqiyotida 3 ta kuch: burjuacha transformasiya; totalitarizmga qaytish; sosialistik yo`nalishdagi demokratik kuchlar to`qnashib qolgan edi. O`zbekiston rahbariyati bu yo`nalishlarning nomaqbul ekanligini bilib, «O`zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish konsepsiyasi»ni tayyorlashga kirishildi. Konsepsiya Reja Davlat qo`mitasi, Moliya va boshqa vazirliklar, idoralar, ilmiy institutlar, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya qo`mitalari bilan hamkorlikda tayyorlandi. Konsepsiyaga ko`ra «O`zbekiston xalq xo`jaligini sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiyotigaga o`tishning asosiy prinsiplari» ishlab chiqilib 1990 yil 17 oktyabrda umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi. Hukumat Dasturi 1990 yil 29 oktyabrda Oliy Kengashning 3- sessiyasida ma’qullandi. O`zbekiston Ministrlar Sovetiga O`zSSR mulkiga egalik qilish, uni tasarruf etish yuzasidan respublikaning suveren huquqlarini amalga oshirish mexanizmini yaratish bo`yicha takliflar tayyorlashni topshirdi. O`zbekiston Oliy Sovetiga 1991 yil 1 iyungacha iqtisodiy tizim, er osti va boshqa tabiiy boyliklarni, korxonalarni O`zSSR mulkiga o`tkazish bo`yicha O`zSSR Konstitusiyasiga o`zgartirishlar to`g’risida Qonun loyihasini kiritish vazifasi qo`yildi. O`zSSR Oliy Kengashi Rayosati 1990 yil 29 avgustda «Ittifoqning yangi shartnomasi va bozorga o`tish Dasturiga respublikaning tutgan o`rni» masalasini ko`rib chiqib, shoshilmaslikni ta’kidladi. Oliy Kengash Rayosati Ittifoqning yangi SHartnomasini tuzish va bozorga o`tish dasturi bo`yicha tayyorlangan takliflarning birinchi turkumini o`rganish va muhokama qilish uchun O`zbekiston Oliy Kengashi, Kompartiya Markaziy Qo`mitasi, O`zSSR FA va boshqa tashkilotlarga yubordi. O`zbekiston 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida iqtisodiy mustaqillik va suverenitet uchun harakat qila boshladi. «O`zSSR Konstitusiyasiga o`zgartish va 454 qo`shimchalar kiritish» to`g’risidagi masala 1989 yil 20 oktyabrda 11-chaqiriq O`zSSR Oliy Kengashining 11-sessiyasida maxsus muhokama qilindi. O`zSSR Konstitusiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqidagi Qonunda davlat mexanizmining hamma bo`g’inlari Oliy Kengashga bo`ysunishini nazarda tutishi ta’kidlandi. Oliy Kengashga eng oliy nazorat qiluvchi idora sifatida yuqori mansabdorlarni, Oliy Kengash raisini saylash, Ministrlar Sovetining raisini, hukumat a’zolari va boshqa rahbarlarni tasdiqlash va tayinlash, yoki muddatidan oldin lavozimidan chaqirib olish huquqi berildi. Hukumat bir yilda kamida bir marta Oliy Kengash oldida hisob berishi majburiy qilib qo`yildi. Oliy Kengash yana byudjetni nazorat qilish, ministrlik va idoralar ishini tekshirish, deputatlar so`rovini muhokama qilishni ham ko`rib chiqadigan bo`ldi. I.Karimov tomonidan 80-yillar oxiridan boshlab Siyosiy suverinetet bir necha marta ko`ndalang qilib qo`yildi. KPSS MKning 1989 yil 20 sentyabrdagi Plenumida I.Karimov: «biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini va o`zaro majburiyatlarini aniq belgilab qo`yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz» - deb ta’kidladi. O`zKP MKning 1990 yil 23 martdagi Plenumida I.Karimov: «siyosiy sistemani yangilash masalalarini O`zbekistoning iqtisodiy mustaqilligidan ajralgan holda qarash mumkin emas. Bizda bunday mustaqillik uchun sharoit bor» - deb aytdi. Respublikada 80-yillarning oxiridan boshlab iqtisodiy va siyosiy suverenitet uchun choralar ko`rildi. O`zSSR Oliy Kengashi 1989 yil 25 noyabrda «O`zSSRni iqtisodiy va sosial rivojlantirishning 1990 yil Davlat plani to`g’risida» masala muhokamasida iqtisodiy mustaqillikka oid muhim tadbirlarni belgiladi. 1990 yil 23 martda bo`lgan O`zKP MKning Plenumida siyosiy suverenitetni tahlil etishga va konsepsiyalarini ishlab chiqishga jiddiy e’tibor berildi. 1990 yil 24 martda bo`lgan Oliy Kengashning 12-chaqiriq 1-sessiyasida tarixda birinchi marta Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi va Prezidentni sayladi. 1990 yil 20 iyunda Oliy Kengashning 12-chaqiriq 2-sessiyasida «O`zbekistonning 455 Mustaqillik Deklorasiyasi» qabul qilindi. Oliy Kengash 1991 yil 15 fevralda «O`zbekistonning davlat ramzlari to`g’risida» maxsus qaror qabul qildi. O`zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federasiya) tarkibida bo`lishini qo`llab 1991 yil 17 martda o`tkazilgan umumxalq referendumida qo`shimcha byulletin bo`yicha 9,2 mln. kishi yoki qatnashganlarning 94 %i ovoz berdi. Oliy Kengash Rayosati 1991 yil 22 iyulda «O`zSSRda joylashgan Ittifoqqa bo`ysunuvchi korxonalarni O`zSSR tobeligiga o`tkazish» to`g’risida tarixiy qaror qabul qildi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling