Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Qoraqalpog’istonning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Qoraqalpog’istonning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti. O`zbekiston 1996
yil Qoraqalpog’iston uchun 10 mlrd. so`m ajratdi, bu Qoraqalpoq milliy daromadining 55 % ini tashkil qiladi, (moliyaviy yordam miqdori 1994 yilga nisbatan 18 barobar ko`paydi). Qoraqalpog’istonga bugungi kunda berilayotgan subvensiya-moliyaviy yordam miqdori 9 mlrd.dan oshiq so`mni, butun Qoraqalpoq byudjeti xarajatlarining 75 % ini tashkil etmoqda. Sanoat, qishloq xo`jaligi va savdoda nodavlat sektorning hissasi 80-90 % ni tashkil etmoqda. To`rtko`l tumanida 2000 yil 6 martdan Rossiyaning Savvinovo yigiruv fabrikasi bilan hamkorlikda yiliga 2750 t. ip-kalava ishlab chiqaradigan qo`shma korxona qurila boshladi. O`zbekistondagi eng katta neftgaz maydoni (90 ming kv.km.) Ustyurt-Orolbo`yi mintaqasi (Kaspiybo`yi, To`qay, Amudaryo tekisligi) hisoblanadi. Qo`ng’irotdagi 37,4 mlrd. m.kub gaz va 739 ming t. gaz kondensati zaxirasiga ega «Urga» koni 1995 yil ishga tushdi. «Sharq Berdaq» koni 2002 yil noyabrda foydalanishga topshirildi. Ustyurt-Orolbo`yidagi konlardan 2002 yil 1,2 mlrd.m.kub gaz va 10,4 ming t. gaz kondensati qazib olindi. «Qoraqalpoqqurilish» aksionerlik jamiyatida Italiyaning sifatli jihozlari bilan qurilgan yangi marmar sex ochildi. «Nukusun» zavodida spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi. Engil sanoat ishlab chiqarish bazasi kengayib, 1993 yil Nukusda «Kateks», 1995 yil Ellikqal’ada «Elteks» to`qimachilik majmuasi qurildi. Qoraqalpog’istonning 1996 yildagi tashqi savdo oboroti 228,4 mln. dollarni tashkil etib, asosiy sheriklari AQSH - 14,1 %, Rossiya - 11,4 %, J.Koreya - 11,1 %, Shvesariya - 9,4%, Niderlandiya - 7,2 % davlatlaridir. 2002 yil Qoraqalpog’istonda ishlab chiqarilgan 26,1 mln. dollar miqdorida tovarlar eksport qilindi. I.Karimov tashabbusi bilan 1992 yil Nukusda Orol muammosiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya o`tkazildi. O`zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1992 yil 2 sentyabrda «Qoraqalpoqdagi tabiiy ofatlar oqibatlarini 466 bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni echish tadbirlari to`g’risida» qaror qabul qildi. I.Karimov tashabbusi bilan 1995 yil sentyabrda Nukusda o`tkazilgan xalqaro konferensiya tarixiy voqea bo`ldi, unda asosiy hujjat-Nukus Deklorasiyasi bo`lib, butun dunyo jamoatchiligi e’tibori Orol muammosiga qaratildi. I.Karimov tashabbusi bilan 1997 yil martda Almatida Markaziy Osiyo Respublikalari Kengashi yig’ilishida Orolbo`yi xalqlariga ijtimoiy muammolarni echishda amaliy yordam berish to`g’risida qaror qabul qilindi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling