Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Islom Karimov – O`zbekistonning Birinchi Prezidenti
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prezidentning Konstitusiyaviy maqomi
Islom Karimov – O`zbekistonning Birinchi Prezidenti
Prezident saylovi. O`zbekistonda davlat boshqaruvining Prezidentlik shakli zamonaviy tizim o`zagini tashkil etdi. O`zbekiston hayotida 1991 yil oxirida tom ma’noda ulkan tarixiy voqea sodir bo`ldi. 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash VIII-sessiyasida «Prezident saylovlari to`g’risida» Qonun va «Prezident saylovini tayinlash to`g’risida» Qaror qabul qilindi. Bu qonunga ko`ra Prezident lavozimiga 35 yoshga to`lgan, davlat tilini biladigan, saylovgacha kamida 10 yil O`zbekistonda muqim yashayotgan O`zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. Prezident 7 (5) yil muddatga saylanadi, bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Prezident bo`lishi mumkin emas. Prezident saylashning asosiy prinsiplari: umumiy, teng, to`g’ridan to`g’ri, yashirin ovoz berish bilan, fuqarolarning saylovda ixtiyoriy qatnashishi, saylov kunigacha 18 yoshga to`lgan fuqarolarning saylovda qatnashishidir. Prezidentning Konstitusiyaviy maqomi Konstitusiyaning 19-bobida aniq belgilab qo`yilgan. Konstitusiyaning 89-moddasida Prezident davlat boshlig’idir va davlat organlarining faoliyatini ta’minlaydi. Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi deb belgilab qo`yilgan. Konstitusiyaning 93- moddasida Prezidentning vazifalari, uning vakolatiga kiradigan masalalar doirasi belgilab berilgan. Prezident: Davlat boshlig’i; Konstitusiya, inson va fuqaro huquqlarining kafili; Davlat hokimiyat organlari faoliyatini ta’minlaydi; Qonunlar ishlab chiqishda qatnashadi; Qurolli kuchlar Oliy bosh qo`mondoni; Xavfsizlik kengashini tuzadi va rahbarlik qiladi; Shaxsning huquqiy masalalarini, mukofot va 469 unvonlarni belgilaydi. Vakolati tugagach, iste’foga chiqqan Prezident umrbod senat a’zosi lavozimini egallaydi. Prezident saylovini o`tkazish xalq deputatlari saylovini o`tkazuvchi Markaziy saylov komissiyasining zimmasiga yuklandi. 13 ta okrug va 7 mingta uchastka saylov komissiyalari tuzildi. Saylov komissiyalari tarkibiga XDPdan, Kasaba uyushmalari Federasiyasidan, Yozuvchilar uyushmasi va jamoat tashkilotlaridan vakillar kiritildi. Prezident lavozimiga 1991 yil 29 dekabrdagi saylovda XDP va Kasaba uyushmalari Federasiyasidan I.Karimov nomzodi; «Erk» DPdan Saloy Madaminov (M.Solih) nomzodi qo`yildi. MDH, AQSH, Turkiya, Malayziya va xalqaro tashkilotlar vakillari kuzatuvida o`tgan saylovda 8,5 mln (86 %) kishi I.Karimov nomzodini qo`llab; 1,2 mln. (12,3 %) saylovchi S.Madaminovga ovoz berdi. Tarixda birinchi marta O`zbekiston Prezidentiga muqobillik asosida saylov bo`ldi. «Prezident saylovlari to`g’risida»gi Qonunning 35-moddasiga asosan I.Karimov Prezident lavozimiga 1991 yil 29 dekabrdan saylangan deb hisoblandi. I.Karimov 1992 yil 4 yanvarda Oliy Kengashning navbatdan tashqari 9-sessiyasida qasamyod qildi. I.Karimov O`zbekistonning umumxalq saylagan Birinchi Prezidentidir. 2000 yil 9 yanvarda bo`lgan Prezident saylovi O`zbekiston tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo`lib, XXI-asrdagi taraqqiyotiga ta’sir ko`rsatgan siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoldi. Saylovda 12,7 mln. saylovchidan 12,1 mln. (95,1 %) kishi ishtirok etib Fidokorlar MDPdan nomzod I.Karimovga 91,9 %; XDPdan nomzod Abdulhafiz Jalolovga 4,2 % ovoz berdi. Prezidentning vakolat muddati 2002 yil 27 yanvardagi referendumda (Oliy Majlisning 2-chaqiriq 8-sessiyasida) 5 yildan 7 yil qilib o`zgartirildi. Prezident vakolat muddati 2007 yil dekabrda tugashi munosabati bilan 2007 yil 23 dekabrda navbatdagi Prezident saylovi bo`ldi. XDPdan A.Rustamov, Adolat SDPdan D.Toshmuhammedova, saylovchilar tashabbuskor guruhi (STG)dan A.Saidov, LDP dan I.Karimov nomzodi ko`rsatildi. Saylovda ro`yxatga olingan 16.297.000 saylovchidan 90,6 %i qatnashdi. I.Karimov uchun saylovchilarning 470 88,1 %i ovoz berdi. 2007 yil 27 dekabrda bo`lgan Markaziy saylov komissiyasi majlisi I.Karimov Prezident lavozimiga saylandi deb qaror qilindi. 2015 yil 29 mart kuni muqobillik asosida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo`lib o`tdi. Uning natijalariga ko`ra Konstitusiyaga kiritilgan o`zgarishlarga muvofiq Islom Karimov 5 yillik muddatga mamlakatning oliy lavozimiga saylandi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling