Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet323/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li
 
I.Karimov mustaqillikning bir yilligi arafasida «O`zbekistonning o`z istiqlol 
va taraqqiyot yo`li» asarida istiqlolning nazariy-amaliy muammolari ilmiy 
o`rganilib, jamiyat rivojining siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy yo`llari yangicha 
yondashuv bilan ko`rsatib berildi. I.Karimov «O`zbekistonning o`z istiqlol va 
taraqqiyot yo`li» (1992) asarida yangilangan jamiyatda yashovchi kishining 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi yo`llarni ko`rsatib berdi. 
I.Karimov “Farovon turmushga erishishning ham albatta o`z tosh-torozisi bor” - 
deb aytgan edi. (Asarlar, 7-jild). 


473 
I.Karimov 1992 yil 4 yanvarda 12 chaqiriq Oliy Kengashning navbatdan 
tashqari 9-sessiyasida so`zlagan dasturiy nutqida hamda 1992 yil avgustda nashr 
etilgan «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li» asarida O`zbekistonning 
taraqqiyot yo`lini har tomonlama puxta asoslab berdi. I.Karimov 1992 yil 4 
yanvarda Oliy Kengash sessiyasida so`zlagan nutqida “Huquqiy davlatning quroli 
ham, himoyasi ham, ko`zi ham, so`zi ham qonundir” - deb aytgan edi. I.Karimov 
«O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li» asarida: “O`zbekiston - kelajagi 
buyuk davlat. Bu - mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir” - deb aytgan edi. 
I.Karimov 1993 yil nashr etilgan «O`zbekiston – bozor munosabatlariga 
o`tishning o`ziga xos yo`li» asarida davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish 
dasturining o`zagi sifatida, yangi jamiyat qurishning 5 tamoilini asoslab berdi: 1) 
Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodning siyosatdan ustunligi. 2) davlat 
bosh islohatchi bo`lishi. 3) qonun ustuvorligi. 4) bozorga o`tishda kuchli ijtimoiy 
siyosat yuritish, muhtoj tabaqalarni himoyalash. 5) bozor iqtisdiyotiga «inqilobiy 
sakrash»siz, evolyusion, bosqima-bosqich o`tishdan iborat.
I.Karimov «O`zbekiston – bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos 
yo`li» risolasida: «O`zbekiston tanlagan yo`l ijtimoiy sohaga yo`naltirilgan, 
respublika manfaatlariga mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga 
qaratilgan» - deb ko`rsatgan edi. O`zbekistonning o`ziga xos taraqqiyot yo`li 
“o`zbek modeli” deb qabul qilindi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling