Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
O`zini-o`zi boshqarishning huquqiy asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
O`zini-o`zi boshqarishning huquqiy asoslari. 1993 yil 2-sentyabrda
qabul qilingan «Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari to`g’risida»gi Qonunga binoan: qishloq, posyolka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari - qishloq, posyolka sovetlari tuzilmaydigan bo`ldi, ularning o`rniga o`zini o`zi boshqarish organlari – mahalla qo`mitalari tuzildi va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi. Biroq ular bir-biriga bog’liq, ular orasidagi munosabatlarning huquqiy asoslari «Mahalliy davlat hokimiyati to`g’risida»gi Qonunda belgilab qo`yilgan. 1994 yil 12 mingdan ortiq o`zini o`zi boshqarish organlari shakllantirildi, 2001 yil ularning soni 7847 tani tashkil etdi. 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan «Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari to`g’risida»gi yangi tahrirdagi Qonunda o`zini o`zi boshqarish organlarining vakolatlari va huquqi kengaytirildi. Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlariga 1998 yil noyabr-dekabrda bo`lgan saylovlarda fuqarolar yig’inlarida 8,4 mln. kishi yoki katta yoshdagi aholining 70 % i kishi ishtirok etdi. 7574 ta rais, 71034 ta maslahatchi saylandi, rais (oqsoqol)larning 65,5 %i oliy ma’lumotli mutaxassislar edi. Aholining kam ta’minlangan qismiga 2000 yil Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari orqali 54,2 mlrd. so`m miqdorida nafaqa, ko`mak va boshqa yordam berildi. I.Karimov tashabbusi bilan 2003 yil “Obod mahalla yili” deb e’lon qilindi; “Obod mahalla yili” dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo`yicha komissiya tuzildi. Vazirlar Mahkamasining “Obod mahalla yili” dasturi to`g’risida qarori 2003 yil 7 fevralda e’lon qilindi. “Obod mahalla yili” dasturini to`la amalga oshirish uchun davlat buyudjeti, byudjetdan tashqari jamg’armalar, nodavlat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar grantlari va kredit mablag’lari hisobiga 375,9 mlrd. so`m jalb etilishi nazarda tutilgan. Mahallalarni yanada obod qilish maqsadida 1,7 mlrd. so`m sarflanib 310 ta mahalla guzari bunyod qilindi, 1000 km. suv va 1322 km. gaz tarmoqlari ishga tushirildi, mahallalarda 36,2 mlrd. so`mlik kredit mablag’i hisobiga kichik biznes 488 va xususiy tadbirkorlik korxonalari tashkil etilib, 155 mingta yangi ish o`rinlari yaratildi; 1,2 mlrd. so`mlik xayriya yordami berildi. 2010 yil fuqarolar yig’inlari va o`zini o`zi boshqarish organlari – mahallalar soni 10 mingdan ortiqni tashkil etdi. Tayanch so`zlar: fuqarolik jamiyati, demokratik jamiyat, individulizm, hamjihatlik g’oyasi, posyolka sovetlari, mahalla qo`mitalari, mahalliy o`zini o`zi boshqarish, mahalla, rais (oqsoqol). Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling