Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Saylov tizimining huquqiy asosi bo`lib 1991 yil 18 noyabrdagi «Prezident 
saylovlari», 1993 yil 28 dekabrda «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar 
Kengashiga saylov» to`g’risidagi qonunlar xizmat qilmoqda. Oliy Majlis 2003 yil 
avgustda 2-chaqiriq 12-sessiyasida «Oliy Majlisga saylov to`g’risi»dagi Qonunni 
yangi tahrirda qabul qildi. Bu qonun 2 palatali parlament saylovining huquqiy 
asosi bo`ldi.
Konstitusiya va qonunlarda saylov kunigacha 18 yoshga to`lgan har bir 
fuqaroning saylovda ishtirok etish huquqiga ega ekanligi belgilab qo`yilgan. Sud 
tomonidan huquqiy muomolaga layoqatsiz deb topilgan yoki sud ozodlikdan 
mahrum etgan shaxslar saylovlarda qatnasha olmaydilar. O`zbekistonda saylovlar 
umumiy va tenglikka asoslanadi, har bir saylovchi 1 ta ovozga ega. Ijtimoiy kelib 
chiqishi, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dini, faoliyat turi va 
harakati, ijtimoiy va moddiy ahvolidan qatiy nazar fuqarolar teng saylov huquqiga 
ega.


492 
Saylovlar nomzodni to`g’ridan to`g’ri, bevosita saylashga qaratilgan. Buning 
ma’nosi Prezident, Oliy Majlis, mahalliy hokimiyat organlariga saylovlarda har bir 
saylovchi bevosita o`zi ishtirok etadi, yashirin ovoz berish ta’minlanadi, degani. 
O`zbekiston saylov tizimining muhim tamoyillaridan biri saylovlarning 
ko`ppartiyaviylik asosida o`tkazilishidir.
Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatga olingan siyosiy partiyalar saylov 
belgilangan kundan kamida 6 oy burun deputatlikka nomzod ko`rsatish huquqiga 
ega. Oliy Majlis deputatligiga nomzod ko`rsatish huquqi Qoraqalpoq Jo`qarg’i 
Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashiga berilgan. 
Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari tuman va shahar kengashi 
deputatligiga nomzodlar ko`rsatish huquqiga ega.
«Oliy Majlisga saylov to`g’risida»gi Qonunga muvofiq faqat siyosiy 
Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling