Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. Iqtisodiy islohatlar. Bozor munosabatlariga o`tish


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

 
3-§. Iqtisodiy islohatlar. Bozor munosabatlariga o`tish. 
Aholini ijtimoiy himoyalash va milliy xavfsizlik 
«O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li» asarida I.Karimov 
mustaqillikning bir yilligi arafasida istiqlolning nazariy-amaliy muammolari ilmiy 
o`rganilib, jamiyat rivojining siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy yo`llari yangia 
yondashuv bilan ko`rsatib berildi. I.Karimov «O`zbekistonning o`z istiqlol va 
taraqqiyot yo`li» (1992) asarida yangilangan jamiyatda yashovchi kishining 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi yo`llarni ko`rsatib berdi.
I.Karimov «O`zbekiston – bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos 
yo`li» (1993) risolasida «O`zbekiston tanlagan yo`l ijtimoiy sohaga yo`naltirilgan, 
respublika manfaatlariga mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga 
qaratilgan» - deb ko`rsatgan. Mazkur asarda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh 
qilish dasturining o`zagi sifatida beshta tamoil bor: 1) iqtisodiyot siyosatdan ustun 
turishi; 2) davlat bosh islohati bo`lishi; 3) qonun ustuvor bo`lishi; 4) aholini kuchli 
ijtimoiy himoyalash; 5) bozorga «inqilobiy sakrash»siz evolyusion, bosqima-
bosqich o`tish.
Bozor iqtisodiyotining asosida tovar-pul munosabatlari yotadi va ana shu 
munosabatlarga xos iqtisodiy qonunlar harakat qiladi. Bozor iqtisodiyoti 
jamiyatning barcha a’zolarini ishlab chiqarish va iste’mol orqali o`zaro 
raqobatning ishtirokchilariga aylantiradi. Tarixan bozor munosabatlarining ikki turi 


502 
mavjud: 1) tartibsiz, o`zi bo`larchilik asosida, stixiyali rivojlanadigan bozor 
iqtisodiyoti munosabati; 2) tartibga solinadigan, boshqariladigan bozor iqtisodiyoti 
munosabati.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`lining asosiy tamoyillari va qoidalari
huquqiy negizining nazariy asoslari I.Karimovning «O`zbekistonning o`z istiqlol 
va taraqqiyot yo`li», «O`zbekiston - bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos 
yo`li», «O`zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo`lida» nomli 
asarlarida, parlamentda qilgan ma’ruza va nutqlarida bayon qilib berildi. 
O`zbekiston bozorga o`tishning o`z yo`lini ishlab chiqishda: 1) dunyo 
davlatlarining bosib o`tgan tarixiy tajribalari; 2) O`zbekistonning xo`jalik 
imkoniyatlari, mustamlaka tizimdan meros qolgan muammolar hisobga olindi va 
asos qilib olindi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling