496
yoshlar jamg’armasi yoshlarning haqiqiy etakchisiga aylana olmadi, uning vazifasi
yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini o`rganish, dasturlar tuzish va davlat
ko`magida hayotga tadbiq etish edi, biroq bu vazifalarni bajara olmadi.
I.Karimov 2001 yil 24 yanvarda Toshkentda
yoshlar masalasiga
bag’ishlangan yig’ilishda yoshlarning chinakam suyanchi bo`la oladigan yangi
tashkilot tuzish g’oyasini ilgari surdi. O`zini o`zi boshqaradigan nodavlat, notijorat
tashkiloti - ”
Kamolat”
yoshlar ijtimoiy harakati 2001 yil 25 aprelda Toshkentda
bo`lgan yoshlar qurultoyida tuzildi. Uning Dastur
va Nizomi ham shu kuni
tasdiqlandi.
”Kamolat” yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi - yoshlarni
birlashtirish (14-28 yoshdagilarni), sog’lom turmush
talablari asosida tarbiyalash,
jamiyatda munosib o`rinni egallashga ko`maklashish, manfaatlarini himoya qilish,
yoshning o`z aql-zakovatini namoyon etishi uchun sharoit yaratish va tayanchi
bo`lishdan iborat edi. ”Kamolat” yoshlar ijtimoiy harakati 2017 yil 30 inda
Yoshlar ittifoqiga aylantirildi.
Jamoat
tashkilotlari
ham
O`zbekistonda
faoliyat
ko`rsatmoqda.
O`zbekiston
kasaba uyushmalari - turli kasb egalarining jinsi, diniy e’tiqodi, irqiy
va milliy munosabatlaridan qat’iy nazar ixtiyoriy
birlashtiruvchi mustaqil
ommaviy jamoat tashkilotidir. Kasaba uyushmalarining tashkiliy tuzilishi jahon
kasaba uyushmalari
andazalariga mos keladigan federalizm, demokratiya,
mustaqillik, ixtiyoriylik tamoyillari asosida isloh etildi.
1996 yil ma’lumotlariga ko`ra O`zbekiston Kasaba uyushmalarining 53
ming boshlang’ich tashkilotlarga birlashgan 7,5 mln.dan ziyod a’zosi bor edi.
O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi tarkibida 21
tarmoq kasaba
uyushmalari, hududiy jihatdan esa Qoraqalpog’iston, 12 viloyat va Toshkent
shahar kasaba uyushmalari Kengashlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: