Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Xalqaro valyuta fondi bilan 2002 yil iqtisodiy va moliyaviy siyosat
masalasida Memorandum imzolandi. Xalqaro valyuta fondi missiyasi Memorandum shartlarining bajarilishini tahlil qilish, o`rganish va baholash uchun 2002 yil 11-20 sentyabrda O`zbekistonga tashrif buyurdi. O`zbekiston bilan Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki (XTTB) o`rtasidagi hamkorlik har 3 yilda qayta takrorlanadigan «Mamlakatga yordam berish strategiyasi» dasturi asosida amalga oshirilmoqda. Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) 2002 yil mayda O`zbekistonga bergan kredit Qoraqalpog’iston va Xorazm aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish uchun mo`ljallangan. Banklar tomonidan iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish uchun Xalqaro moliya korporasiyasi, Markaziy Osiyo-Amerika tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash 506 jamg’armasi, Germaniya kredit agentligi, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki kabi xorijiy tashkilotlar hamda banklarning kredit yo`nalishlarini ochish va ularga xizmat ko`rsatishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilgan muhim tadbirlardan biri - iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan pul muomalasini mustahkamlash, valyuta munosabatlarini tartibga solishdir. O`zbekistonda pul birligi - so`m 1994 yil 1 iyuldan boshlab muomalaga kiritildi. Kreditlar birinchi navbatda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, «UzDAEWOOavto», «SamKochavto» avtomobil zavodlarini rivojlantirishga qaratildi. 2002 yil 5 aprelda Oliy Majlis 2-chaqiriq 8- sessiyasida «Kredit uyushmalari to`g’risida»gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun muqobil moliyaviy institutlar sifatida kredit uyushmalarining tashkil etiliishiga va faoliyat yuritishiga zamin yaratdi. Narxlar 1992 yil yanvardan boshlab bosqichma-bosqich erkinlashtirila boshlandi. 1992 yil 10 yanvardan boshlab Vazirlar Mahkamasining «Narxlarni erkinlashtirish chora-tadbirlari to`g’risida»gi Qaroriga muvofiq keng doiradagi ishlab chiqarish mahsulotlari, ayrim turdagi xalq iste’mol mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning kelishilgan (erkin) narxlari va tariflariga o`tildi. Narxlarni erkinlashtirish jarayonida 1994 yil oktyabr-noyabr oylari jiddiy bosqich bo`ldi: xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo`yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. 1993 yil avgustda kuchga kirgan «Monopol faoliyatni cheklash to`g’risida»gi qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga oid hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Eng zamonaviy, yangi tipdagi soliq tizimi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 12 avgustdagi «O`zbekiston Respublikasida Davlat Soliq organlari haqida»gi Qarori asosida yuzaga keldi. «Soliqchilar kuni» deb 12 avgust e’lon qilindi va kasb bayrami sifatida nishonlanadigan bo`ldi. Prezidentning 1994 yil yanvarda «Davlat Soliq Bosh Boshqarmasini Davlat Soliq qo`mitasiga aylantirish to`g’risida» Farmoni soliqchilar hayotida yangi bosqichni boshlab berdi. Xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarning kengayishi Bosh Boshqarma xizmat doirasini kengaytirdi va u 1997 yil Davlat qo`mitasiga aylantirildi. Rivojlangan 507 davlatlar tajribasi asosida fuqarolarning yillik daromadini Deklorasiya qilish tartibi dastlab Chilonzor va SHayxontahur tumani soliq inspeksiyalarida tajriba qilindi, keyin respublika miqyosida joriy qilindi. O`zbekiston soliqchilarining ish tajribasi MDHga a’zo mamlakatlarda qiziqish uyg’ota boshladi. O`zbekiston Davlat Soliq qo`mitasi ish faoliyati bilan 2000-2003 yy. Rossiya Soliq polisiyasi departamenti, YAponiya Moliya vazirligi delegasiyasi, BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasi, Jahon banki tanishib yuqori baho berdi. O`zbekiston soliq organlari «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to`g’risida»gi (1991) Qonun, 1995 yil 22 dekabrda ushbu Qonunga kiritilgan o`zgarishlar, «O`zbekiston Respublikasining soliq kodeksi» asosida ish yuritmoqda. Qonun hujjarlariga asosan soliqqa tortishning 4 tamoyili joriy etildi. Daromad manbalaridan qat’iy nazar hamma daromadlarni soliqqa tortishning majburiyligi birinchi tamoyilda aytilgan. Mahalliy hokimiyatlar hisobga olingan holda butun mamlakatda yagona umumdavlat soliq siyosatini olib borish ikkinchi tamoyilda nazarda tutilgan. Korxonalar va tashkilotlar muhim ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik masalalarni hal etishini hisobga olib, ularni manfaatdor qilish maqsadida imtiyozlar berish orqali soliqlarning manfaat keltiriuvchilik rolini ta’minlash uchinchi tamoyilda nazarda tutilgan. To`rtinchi tamoyilda soliq idoralarining bosh vazifasi soliq to`lovchilar majburiyatlarining bajarilishi ustidan moliyaviy nazorat o`rnatish ekanligi ta’kidlangan. Soliqqa tortishning beshinchi tamoyili jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichida g’oyat dolzarb hisoblandi. Bozor qaror topa borishi bilan og’irlikning bir qismi davlat zimmasidan korxona va tashkilotlarga o`tadi, chunki ishchilar salomatligi, atrof musaffoligi birinchi galda korxonalarga zarur edi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling