Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


O`zbekiston iqtisodiyotning barqarorlashuvi va taraqqiyoti


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

O`zbekiston iqtisodiyotning barqarorlashuvi va taraqqiyoti 
Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishda sanoat ishlab chiqarishining 
o`rni beqiyos. Sho`ro davrida O`zbekistonda to`la ma’noda sanoat ishlab chiqarishi 
yo`lga qo`yilmay, sanoat bir tomonlama rivojlanib, faqat engil sanoat va markazga 
xomashyo etkazib berishga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlarigina taraqqiy etdi. 
Mamlakat sanoat ishlab chiqarishni kompleks rivjlantirmasdan, xususan og’ir 
sanoat tarmog’ini yaratmasdan turib makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish, milliy 
mustaqillikni saqlab qolishning iloji yo`q.
Mustaqillikning qisqa davrida 100 dan ortiq tarmoq jadal sur’atlarda 
rivojlandi, asosiy fondlarning 40 % i sanoat hissasiga to`g’ri keladi. Iqtisodiyotga 
1992-2003 yy. 10 milliarddan ziyod AQSH dollari hajmida xorijiy investisiyalar 
jalb etildi, birgina 2000 yil 810 mln. dollar xorijiy sarmoya kiritildi. 
Iqtisodiyotning mutlaqo yangi tizimlarini shakllantiruvchi yirik sanoat korxonalari 
barpo etilib, 162 mamlakat sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 3287 dan ortiq 
qo`shma korxonalar faoliyat ko`rsatdi.
Energetika tizimida Sirdaryo GRES, Angren GRES, YAngi Angren GRES, 
Toshkent GRES, Navoiy GRES, Taxiatosh GRES, CHarvoq GES, Xo`jakent GES, 
G’azalkent GES, Farhod GES kabi GES va issiqlik elektr markazlari katta o`rin 
tutadi. Yaqin kelgusida gidroenergetika tizimini yanada yuqori pog’onaga 


512 
ko`tarishda Pskom daryosi, To`palang, Hisorak, Ohangaron suv omborlarida 
GESlar quriladi.
O`zbekiston energetika tizimi 19 ming sanoat, 80 ming qishloq xo`jaligi, 19 
ming kommunal va 3,5 mln. maishiy iste’molchilarga elektr energiya etkazib 
bermoqda. O`zbekistonda 1980 yildan 2002 yilgacha elektr energiyasi ishlab 
chiqarish 33,9 mlrd. kvt. soatdan 51,0 mlrd. kvt. soatga o`sdi.
Chetdan keltirilgan neft uchun O`zbekiston 90-yillar boshigacha Rossiya va 
boshqa mamlakatlarga 2 mln. tonna paxta xomashyosi (600 ming tonna paxta 
tolasi) bergan. O`zbekiston neft mustaqilligini ta’minlash birinchi darajali vazifaga 
qo`yilib, bu vazifa amalga oshdi 1996 yilga kelib neft mustaqilligi ta’minlandi, 
1997 yildan neft eksport qila boshladi. O`zbekiston 1990 yil chetdan 5, 7 mln. 
tonna neft sotib olgan bo`lsa, 1995 yil 0,2 mln. tonnani tashkil qildi.
Mustaqillik yillarida neft sanoatini rivojlantirishga e’tibor kuchayib, Vorux, 
G’umxona, Chust-Pop, Mingbuloq, Ko`kdumaloq neft konlari topildi. 
Ko`kdumaloq neft koni bazasida 1993 yil avgustda qurila boshlagan Buxoro 
viloyati Qorovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi 
O`zbekiston tarixida mislsiz voqea bo`ldi, 1997 yil zavodning 1 yilda 2,5 mln. 
tonna gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega bo`lgan birinchi navbati ishga 
tushdi. Umumiy er maydoni 205 gektarni tashkil etgan bu korxona Fransiyaning 
«Teknii» firmasi bilan birgalikda qurilgan.
2003 yil «Sho`rtan» gaz-kondensat konida yuqori bosim beruvchi 
kompressor stansiyasi qurilib ishga tushirilgan. Endilikda neft sanoati 
korxonalarining 1 yillik quvvati 11 mln. tonna neftni qayta ishlash imkoniyatini 
beradi. Hozir 160 dan ortiq neft konlari bo`lib, 50 turdan ortiq neft mahsulotlari 
ishlab chiqaradi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling