Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Aloqa xizmati 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan «Aloqa to`g’risida»
Qonun asosida butunlay qayta isloh qilindi. O`zbekiston 1992 yil Xalqaro elektroaloqa ittifoqi a’zoligiga qabul qilingach, aloqa tarmoqlarini rivojlantirish bo`yicha xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik yo`lga qo`yildi. O`zbekiston hozirgi paytda AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Indoneziya bilan hamkorlik qilmoqda. O`zbekistonning aloqa xo`jaligi: pochta, telegraf-telefon, radio, televizion aloqasi va matbuot tarqatish sohalarini o`z ichiga oladi. Pochta aloqasiga 1992 yil tashkil etilgan «O`zbekiston pochtasi» konserni rahbarlik qilib, tarkibida: 12 ta 515 viloyat, Qoraqalpog’iston davlat pochta korxonalari boshqarmalari, Toshkent xalqaro pochtamti, 198 ta aloqa uzeli va 3045 ta aloqa bo`limlari faoliyat ko`rsatmoqda. O`zbekistonda 1,5 mln.dan ortiq abonent telefon tarmog’i xizmatidan foydalanmoqda. O`zbekistonda AQSHning «Motorolla», Germaniyaning «Simens», «Alkatel, Janubiy Koreyaning «DEU telekom» YAponiyaning «Mitsun» firmalari bilan hamkorlikda telekommunikasiya tarmoqlarini qayta ta’mirlamoqda. Toshkentda 1992 yil YAponiyaning «NEK» firmasi bilan hamkorlikda 150 kanalli raqamli xalqaro kosmik (fazoviy) telefon stansiyasi qurildi. Aloqa sohasida «Uzdunrobita», «Koskom», «Uzmakom», «Rubikom», «Buztel» «DEU», «Sentral- Peyshing» korxonalari faoliyat ko`rsatmoqda. O`zbekiston orqali o`tuvchi Xitoy (Shanxay) va Germaniya (Frankfurt)ni bog’lovchi shisha kabelli Trans-Osiyo-Evropa magistralining 926 km. qismi 1997 yil qurildi. Turkiyaning «Netash», «Teletash», «Samko» firmalari Toshkentda 30 kanalli xalqaro kosmik telefon stansiyasini qurdi, natijada xalqaro telefon so`zlashuvlarining 80 % ini sun’iy yo`ldoshlar orqali chet ellarga uzatish va qabul qilish imkoniyati yaratildi. Bo`zsuv kanali sohilida qurilgan O`rta Osiyoda yagona 375 m. Toshkent teleminorasi dunyoda Moskvadagi Ostankino, Kanadadagi Toronta, Yaponiyadagi Tokio teleminoralaridan keyin 4-o`rinda turadi. O`zbekistonda yana 30 ta mahalliy va tijorat studiyalari ham faoliyat ko`rsatadi. O`zbekiston televideniesi orqali Rossiya, Turkiya, AQSH, Hindiston, Qozog’iston teledasturlari ham olib ko`rsatilmoqda. Bu borada 1994 yil O`zbekiston-AQSH qo`shma korxonasi «Kamalak TV-Peyjing» kabel televidenie tarmoqlarining tashkil etilishi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Matbuot tarqatish sohasida «Soyuzpechat» boshqarmasi o`rnida 1994 yildan «Matbuot tarqatish uyushmasi» ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati faoliyat ko`rsatmoqda Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling