Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Qishloq xo`jalik mashinasozligini Sho`ro davrida «Toshkent traktor
zavodi» (TTZ), «Toshqishloqxo`jalikmash» qondirib kelgan. Mustaqillik yillarida 1993 yildan TTZ-30 taraktori, 1994 yil dizel dvigatelli TTZ-80/100 universal chopiq traktori ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. O`zbekiston-Italiya qo`shma korxonasi – «O`zItalmotor» aksionerlik tashkilotiga 1994 yil asos solindi, unda AQSHning «KEYS» firmasi bilan hamkorlikda traktor va kombaynlar yig’ilmoqda. Qishloq xo`jalik mashinasozligining 15 ta korxonasi «O`zqishloqxo`jalik mashinasozlik xolding» kompaniyasiga aylantirildi. Bu kompaniya qishloq xo`jaligini zamonaviy texnika bilan ta’minlashni yo`lga qo`ydi, 1996 yildan AQSHning «KEYS» va MAGNUM» kompaniyalari bilan traktor va kombaynlarni yig’moqda. Toshkent traktor zavodida 2002 yildan O`zbekiston-Xitoy qo`shma loyihasini amalga oshirish natijasida qishloq xo`jaligi korxonalari, dehqon fermer xo`jaliklari uchun ixcham traktorlar ishlab chiqarish texnologiyasi o`zlashtirildi. 2003 yildan Avtomobillar uchun oyna ishlab chiqaradigan «Avtooyna» aksiyadorlik jamiyati ishga tushirildi. «O`zbekto`qimachilikmash» birlashmasida to`qimachilik mashinalari, apparatlari va avtomatlarining 50 dan ortiq namunasi 518 ishlab chiqarishga joriy qilingan. «Radioelektrontexasbob» davlat konserni 1990 yil tashkil etilgan edi, u 1994 yil «O`zeltexsanoat» uyushmasi shaklida qayta tashkil etildi, tarkibida 50 dan ortiq korxona bo`lib, 46 ming ishchi ishlaydi. Ikkinchi jahon urushi tufayli Sho`rolar Moskva aviasiya zavodini 1941 yil Toshkentga ko`chirishga majbur bo`lgan edi, natijada O`zbekistonda samolyotsozlik sanoatiga asos solingan edi. V.P.Chkalov nomidagi Toshkent avisiya zavodi 1996 yil «Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi» davlat aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilib ilgaridan tayyorlab kelinayotgan samolyotlar qatorida mahalliy havo yo`llariga mo`ljallangan 64 o`rinli IL-114 samolyotini ishlab chiqara boshladi. Tayanch so`zlar: Makroiqtisodiyot, Energetika, YOqilg’i sanoati, Avtomobil ishlab chiqarish, «O`zDEUavto», «SamKochavto», «Uzdunrobita», «Koskom», «Uzmakom», «Rubikom», «Buztel» «DEU», «Sentral-Peyshing», Qishloq xo`jalik mashinasozligi, «KEYS», MAGNUM». Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling