Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


O`zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

O`zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning 
ta’minlanishi. Aholini ijtimoiy himoyalash va
millatlararo totuvlikning mustahkamlanishi 
Aholini kuchli ijtimoiy himoyalash masalasini I.Karimov mustaqillikning 
birinchi kunidan boshlab davlat iqtisodiy siyosatining muhim tamoyili sifatida 
o`rtaga tashladi. Aholini kuchli himoyalash siyosati jamiyatning barcha a’zolarini 
emas, balki aholining kam ta’minlangan, moddiy va ijtimoiy himoyaga muhtoj 
bo`lgan qisminigina himoya qilishni ko`zda tutadi.
Aholini ijtimoiy himoyalashda: Davlat byudjeti; Ijtimoiy sug’urta 
jamg’armasi; Korxona va jamoat tashkilotlari ajratayotgan mablag’lardan; 
«Navro`z», «Mahalla», «Sog’lom avlod uchun», «Salomatlik va mehr-shafqat» 
xayriya jamg’armalari manbalaridan foydalanildi.


519 
I.Karimov «aholining ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalarini himoya qilish 
davlatning burchidir» - dedi, bular: pensionarlar, nogironlar, ko`p bolali va kam 
daromadli oilalar, ishsizlar, o`quvchilar, qayd etilgan miqdorda nafaqa oluvchi 
kishilardir. Konstitusiyaning 45-moddasida voyaga etmaganlar, mehnatga 
layoqatsizlar va yolg’iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir, deyiladi.
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to`g’risida»gi Qonuniga asosan 
aholini nafaqaga chiqarishning yagona tartibi joriy etildi. Erkaklar umumiy tartibda 
60 yoshga kirgan va 25 yillik mehnat stajiga ega bo`lganda nafaqaga chiqariladi. 
Ayollar uchun bu o`lchov 1999 yil martdan 54 yosh va 20 yillik mehnat staji qilib 
belgilandi.
Nogironlik pensiyasi va boquvchisini yo`qotgan oila a’zolariga beriladigan 
pensiyalar 1992 yil 4 fevraldagi «O`zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoyalash 
to`g’risida»gi Qonunga asoslangan. Respublikada 1998 yil 27 mingdan ko`proq 
yolg’iz qariya bo`lgan. SHu toifadagi 25 ming kishi 2001-2003 yy. dam olish 
uylarida va sanatoriyalarda davolanib qaytdilar.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling