Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet361/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Milliy istiqlol g’oyasi. Oliy Kengashning 1992 yil 2 iyulda bo`lgan 10-
sessiyasida chinakam mustaqil O`zbekiston davlatini barpo qilish yo`lida 
barchaning birlashishini ta’minlash kunning dolzarb vazifasi qilib qo`yildi. Bu 
vazifani Milliy istiqlol g’oyasi, mustaqillikni mustahkamlashga qaratilgan g’oyalar 


531 
orqali uddalash mumkin edi. Mustaqillikni ta’minlash g’oyasi haqida I.Karimov 
10-sessiyada (1992, 2 iyul) «xalqni yakdil qiladigan g’oyalar ichida eng ulug’i - 
O`zbekistonning mustaqilligini ta’minlash. Shu g’oya atrofida birlashsak aslo xor 
bo`lmaymiz», - degan edi.
I.Karimovning 1992 yil 1 sentyabr arafasida nashrdan chiqqan 
«O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li» kitobi istiqlol mafkurasi uchun 
nazariy asos, ma’naviy hayot uchun yo`l-yo`riq bo`ldi. Bu asarda istiqlol mafkurasi 
uchun asos bo`lgan tamoyillar, O`zbekistonni yanada rivojlantirish yo`lining 4 ta 
negizi ko`rsatilgan, bular: 1) umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 2) xalqimizning 
ma’naviy me’rosini mustahkamlash va rivojlantirish; 3) inson o`z imkoniyatlarini 
erkin namoyish qilishi; 4) vatanparvarlik.
I.Karimov mamlakat qudratini xalqning ma’naviy kamolotida ko`radi va 
insoniy fazilatlarni takomillashtirish uchun zarur sharoit yaratishni asosiy vazifa 
qilib qo`yadi. Prezident O`zbekistonning ma’naviy rivoji negizlarini belgilab berar 
ekan, vatanparvarlik g’oyasiga alohida urg’u berdi, chunki Vatanni sevish 
xalqimizga xos azaliy qadriyat hisoblangan.
I.Karimov 1992 yil dastlabki tajribalarini umumlashtirib o`zining ikkinchi 
asari «O`zbekiston - kelajagi buyuk davlat» asarini yaratdi. Kitobda keyingi 
yillarga xos xususiyat va qadriyatlar haqida fikr yuritiladi, xalq ongida keskin 
o`zgarish yuz bergani, istiqlol tufayli ona zaminga, Vatanga mehr shakllana 
boshlaganini aytadi.
Dastlabki yillardagi qiyinchiliklar odamlarga salbiy ta’sir ko`rsatdi, buni 
anglagan I.Karimov 1993 yil 23 aprelda bir guruh adiblar bilan uchrashdi. 
I.Karimov 1993 yil 6 mayda Oliy Kengashning 12-sessiyasida mafkurasiz va 
g’oyalarsiz taraqqiyot bo`lmasligini, milliy istiqlol mafkurasini yaratish eng 
muhim masala ekanligini ko`rsatib berdi. I.Karimov 1993 yil 7 dekabrda 
Konstitusiyaning 1 yilligiga bag’ishlangan yig’ilishda Milliy mafkura - milliy 
ehtiyoj ekanligini asoslab bergan edi.
Milliy istiqlol g’oyasi - O`zbekistonning mustaqillikka erishishi haqidagi 
siyosiy, ilmiy, nazariy, falsafiy, badiiy va diniy qarashlar majmuasi, xalqni 


532 
kelajakka ishonch, e’tiqod ruhida tarbiyalovchi g’oyaviy qurol, barchani shu 
maqsad yo`lida birlashtiruvchi qudratli ma’naviy omil hisoblanadi. 1995 yil 24 
fevralda Oliy Majlis 1-sessiyasida I.Karimovning «O`zbekistonning siyosiy, 
ijtimoiy va iqtisodiy istiqlolining asosiy tamoyillari» mavzusidagi ma’ruzasida 
Milliy istiqlol g’oyasining nazariy jihatlari atroflicha yoritib berildi.
Milliy g’oya, milliy ong - milliy an’analar, urf-odatlar va turmush tarzi 
asosida shakllanadi. Umuminsoniy qadriyat darajasiga ko`tarilgan milliy manfaat 
atrofida ongli ravishda, aql-idrok yo`rig’i bilan jipslashgan g’oya milliy mafkuraga 
aylanadi va millionlab kishilarni ergashtiradi. I.Karimov «Men insonning 
insoniyligini uyg’otmoqchiman» degan edi.
I.Karimov jahon milliy mafkurasi masalasida falsafa fanida yangi iborani 
ishlatadi, begona g’oyalar o`z ta’sirini o`tkazaolmaydigan, unga qarshi kurasha 
oladigan immunitet zarurligini uqtiradi. I.Karimov 2000 yil «Fidokor» gazetasi 
muxbiri savollariga javoblarida «farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy 
tariximizga, dinga sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, ularning mafkuraviy 
immunitetini kuchaytirishimiz zarur» - deb aytgan edi.
I.Karimov turli g’oyaviy xurujlar avj olayotgan va eng muqaddas 
g’oyalarimizga tahdid solayotgan bir paytda begona va soxta g’oyalarga qarshi 
g’oyaviy immunitetni kuchaytirish lozimligini juda muhim va dolzarb vazifa qilib 
ko`tardi.
Tayanch so`zlar: YUNESKO, Ma’naviy meros, Milliy va diniy qadriyatlar, 
«Navro`z», «Ma’naviyat va ma’rifat», «Oltin Meros»,
Amir Temur yili, Milliy 
istiqlol g’oyasi, Mafkuraviy immunitet.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling