Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
-§. O`zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’naviyat va ma’rifat
4-§. O`zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti.
Ma’naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi Ma’naviy meros - qadimdan beri ota-bobolarimizdan bizga etib kelgan ma’naviy boyliklar: siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuyidir. YUNESKO bilan hamkorlikda mustaqillik yillarida buyuk allomalarimiz tavallud sanalari nishonlandi. Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi 1991 yil nishonlandi. Toshkentda 1992 yil mayda Mashrabxonlik kunlari boshlandi, uning vatani Namanganda ham keng nishonlandi. 1993 yil Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandning 675 yilligi; Xo`ja Ahrorining 600 yilligi (2004) nishonlandi. 1994 yil Ulug’bekning 600 yilligi mamlakat va jahon miqyosida nishonlandi, shu yil Ulug’bek yili deb e’lon qilindi. 1995 yil Imom Abu Iso at- Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamahshariyning 920 yilligi nishonlandi. YUNESKO ijroiya qo`mitasining maxsus qaroriga binoan 1997 yil Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi nishonlandi. 1998 yil 24 oktyabr kuni Farg’onada Ahmad al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi. 1999 yil 5 noyabrda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi Xorazmda nishonlandi. 1999 yil 17 dekabrda Muhammad Rizo Erniyozbek o`g’li Ogahiy tavalludining 528 190 yilligi Xorazmda nishonlandi. 1999 yil 18 dekabrda Ajiniyoz Qosiboy o`g’li tavalludining 175 yilligi Nukusda nishonlandi. Termizda «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi 1999 yil 6 noyabrda nishonlandi. 2000 yil huquqshunos Burhoniddin Marg’iloniyning 1200 yilligi, alloma Mansur Moturidiyning 1130 yilligi nishonlandi. 2001 yil Alisher Navoiyning 560 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyati markazida 100 gektar maydonda bog’ yaratilib, bog’da Navoiyning haykali o`rnatildi. 2001 yil Xorazmda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlandi, «Avesto» kitobi birinchi marta o`zbek tiliga tarjima qilindi va nashr etildi. YUNESKO ishtirokida 2002 yil Termiz shahrining 2500 yilligi, Shahrisabzning 2700 yilligi keng bayram qilindi. 2003 yil Abduxoliq G’ijduvoniy tavalludining 900 yilligi nishonlandi. «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini tashkil etish haqida 1994 yil 23 aprelda Prezident Farmon e’lon qildi. 8 iyunda Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan maxsus qaror qabul qildi. Vazirlar Mahkamasi 1994 yil sentyabrda «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi qoshidagi «Oltin Meros» Xalqaro xayriya jamg’armasini qo`llab- quvvatlash to`g’risida» qaror qabul qildi. 1989 yil 21 oktyabrda «O`zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonuni qabul qilingan edi. Oliy Kengash 1993 yil 2 sentyabrda «Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alfbosini joriy etish to`g’risida» Qonun qabul qildi. 1995 yil mayda Oliy Majlisning 2-sessiyasida mazkur Qonunga o`zgartirishlar kiritish haqida Qonun qabul qilindi. Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni 2005 yil 1 sentyabrgacha bosqichma-bosqich amalga oshirib borishga qaror qilindi. Davlat hokimiyati va boshqaruvning rus tilida o`qigan barcha xodimlaridan Davlat tilini bilishni taqoza etadi, shuning uchun ulardan pensiyagacha foydalanish maqsadida Davlat tili haqidagi Qonunning 4-moddasini tahrir qilishni hayot nega talab qildi. «O`zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi Qonun 1995 yil 22 dekabrda yangi tahrirda qabul qilindi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling