530
atash to`g’risida Farmon e’lon qildi. 1996 yil mustaqillikning 5 yilligiga va
A.Temur tavalludining 660 yilligi ulanib ketdi. I.Karimov 1996 yil 24
oktyabrda
Toshkentda A.Temurning 660 yillik yubileyiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy
anjumanda nutq so`zladi.
A.Temur tavalludining 660 yilligi jahonning 50
dan ortiq davlatlarida
nishonlandi, xalqaro ilmiy anjumanda 30 ga yaqin mamlakat olimlari ishtirok
etgan.
A.Temurning 660 yillik yubileyi YUNESKO
tashabbusi va rahbarligida
1996 yil 21-24 aprelda Parijda nishonlandi, unda I.Karimov katta nutq so`zladi.
YUNESKO qarorgohida «Temuriylar
davrida fan, madaniyat va maorifning
gullab-yashnashi» mavzusida xalqaro konferensiya va ko`rgazma uyushtirildi.
O`zbek san’at ustalari Parijdagi «Odson» teatri va
YUNESKO qarorgohida katta
konsert dasturlarini namoyish etishdi.
«Temuriylar davrida fan madaniyat va maorifning gullab-yashnashi»
mavzuidagi ko`rgazmaga dasturda belgilanmagan holda shaxsiy qiziqishi tufayli
Fransiya Prezidenti Jak Shirak rafiqasi bilan tashrif buyurdi.
O`zbekiston va YUNESKO o`rtasidagi
aloqalarni rivjlantirish, Markaziy
Osiyo madaniyatini qayta tiklash va targ’ib qilgani
uchun mazkur marosimda
I.Karimov YUNESKOning o`sha paytdagi bosh direktori F.Mayorga «Do`stlik»
ordeni topshirdi. Temuriylar tarixi bilimdoni, O`zbekiston
va Fransiya
madaniyatini yaqinlashtirish jonkuyari fransiyalik olim L.Keren «Shuhrat» medali
bilan mukofotlandi. Fransiya Prezidenti O`zbekiston Prezidentiga A.Temurning
1402 yil fransuz qiroli Sharl VI ga yo`llagan maktubini sovg’a qildi.
Temuriylar tarixi davlat muzeyining tantanali ochilish marosimi 1996 yil 18
oktyabrda bo`ldi, shu kuni I.Karimov Samarqand va SHahrisabzda A.Temur
haykalini ochdi.
Do'stlaringiz bilan baham: