Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Millatlararo totuvlikni ta’minlash


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet356/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Millatlararo totuvlikni ta’minlash. O`zbekistonda 130 millat va elat 
vakillari istiqomat qiladi. «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» 
risolasida «Muayyan mamlakatga nom (titul) bergan millat bilan unda yashaydigan 
boshqa xalqlar o`rtasidagi hamjihatlik ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim 
omillaridan biridir» - deyilgan. 
Konstitusiyaning 8-moddasida «O`zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar, 
O`zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi» - deyilgan. Bu moddada 
ifodalangan fuqarolarning tengligi tamoyili inson huquqlariga oid O`zbekiston 
nomidan uning Prezidenti imzolagan «Yangi Evropa uchun Parij Xartiyasi» 
talablariga to`la mos keladi.
1989 yil oktyabrda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 1995 yil 21 
dekabrda Oliy Majlisning 1-chaqiriq 4-sessiyasida «Davlat tili haqida»gi Qonunga 
o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g’risida Qonun qabul qilindi. «Davlat tili 
haqidagi» Qonunning 4-moddasida «O`zbekiston Respublikasida davlat tilini 
o`rganish uchun fuqarolarga sharoit yaratish, barcha millatlarning tillariga hurmat 
bilan munosabatda bo`lish ta’kidlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun sharoit 
yaratiladi» - deb aytilgan.
Millatlariaro Madaniyat Markazi 1989 yil Madaniyat ishlari vazirligi 
qoshida tashkil etildi. Uning tarkibida 12 ta: qozoq, koreys, arman, ozarbayjon, 
tojik madaniyat markazlari faoliyat ko`rsata boshladi. 1995 yil Madaniyat 
markazlarining soni 80 tadan oshdi. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 1992 yil 
yanvarda O`zbekiston Respublikasi Baynalmilal madaniyat Markazi tashkil qilindi. 
1996 yil Baynalminal madaniyat markazi va milliy-madaniy markazlar “Bobur” 
ko`chasidagi saroyga ko`chib o`tdi va “Millatlar saroyi” degan nom oldi.
Milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ko`maklashish 
Baynalmilal madaniyat Markazining asosiy vazifasi qilib belgilandi. Baynalmilal 


524 
madaniyat Markazi faoliyatidagi muhim yo`nalish umumxalq bayramlarini 
o`tkazish bo`lib, o`zbeklarning «Navro`z», ruslarning «Maslennisa», «Rojdestvo», 
tatarlarning «Sabanto`y» bayramlarida barcha millat vakillari qatnashdi. 
Baynalmilal madaniyat Markazi amalga oshirgan ishlardan yana bir yo`nalish 1994 
yil boshlangan 1-»Xalq ijodiyoti» festivali bo`ldi (uni har 2 yilda 1 marta 
o`tkazishga qaror qilindi).
Madaniyat Markazlari O`zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Rus 
madaniyat Markazi Eseninning 100 yilligini, Qozoq M.Markazi Abayning 150, 
T.Risqulov, S.Xo`janovning 100 yilligini, Qirg’iz madaniyat Markazi «Manas» 
eposining 1000 yillik yubileylarini nishonladi. 
O`zbekiston Respublikasi Mamlakat Baynalminal madaniyat Markazi 1995 
yil 10-11 mayda Toshkent shahar hokimiyati hamda «Ma’naviyat va ma’rifat» 
Markazi bilan hamkorlikda «Mustaqil O`zbekistonda millatlararo munosabatlar 
madaniyati» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o`tkazdi. «Xalq birligi» 
harakati va Baynalmilal madaniyat Markazi 1996 yil «O`zbekiston millatlararo 
hamjihatlik yo`lida» nomli kitob nashr etdi.
Tayanch so`zlar: Ichki iste’mol bozori, Ijtimoiy himoyalash, Kam 
ta’minlangan oilalar, «Sog’lom avlod uchun», «Amerilares»,»Sog’lom avlod yili», 
«Onalar va bolalar yili», Shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish ilmiy markazi
Baynalmilal madaniyat markazi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling