Milliy va diniy qadriyatlar tiklanishi. Milliy qadriyat deganda millat
uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan xususiyatlari, an’analari, marosimlarini
tushunamiz. Qadriyatlar dastlab mahalliy mazmunda Xorazm, Surxondaryo,
Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg’ona hududlarida yashovchi elatlarga xos urf-
odatlar, marosimlar tarzida shakllanadi. Mahalliy qadriyatlarning eng yaxshilari
asrlar davomida saralanib, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko`tariladi, turli
mamlakatlarga xos eng yaxshi qadriyatlar saralanib umuminsoniy qadriyatlarga
aylanadi.
O`zbek xalqiga xos: tug’ilgan makon va ona yurtiga ehtirom; avlodlar
xotirasiga sadoqat; kattalarga hurmat, kichiklarga izzat; mehmondo`stlik;
bolajonlik; ma’naviyat-axloq-odob-ma’rifat; muomalada mulozamat, hayo,
andishalilik; og’ir kunlarda vazminlik, sabr-toqat kabi jihatlar uning milliy
qadriyatlari sifatida boshqa xalqlar tomonidan e’tirof etilgan.
«Navro`z» Prezident Farmoni bilan umumxalq bayrami sifatida 1991 yildan
boshlab har yili 21 mart kuni nishonlanadigan bo`ldi, bu kun dam olish kuni deb
e’lon qilindi.
1992 yil 27 martda «Ro`za hayiti kunini dam olish kuni deb e’lon qilish
to`g’risida» Prezident Farmoni e’lon qilindi. Qur’oni karimning izohli tarjimasi
2002 yil shayx Abdulaziz Mansur tomonidan tayyorlandi va ommaviy nusxada
nashr etildi.
Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 19 maydagi Qarori bilan Toshkentda
Xalqaro islom tadqiqot markazi tashkil etildi. Har bir viloyatda kamida bittadan
Madrasa; Toshkent shahrida: Islom Universiteti, Xalqaro Islom tadqiqotlar
markazi, Imom Buxoriy nomidagi Islom mas’hadi, Eshon Boboxon nomidagi
ayollar madrasasi, Abulqosim va Ko`kaldosh madrasalari faoliyat ko`rsatmoqda.
Televidenieda berilayotgan «Ma’rifatnoma», «Ziyo» ko`rsatuvlari diniy ma’rifatni
o`stirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Har yili o`rtacha 4 mingga yaqin
fuqarolar Makkai munavvara va Madinai mukarramaga safar qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |