Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Ta’lim va madaniyat. Jismoniy tarbiya va sport


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet362/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Ta’lim va madaniyat. Jismoniy tarbiya va sport 
«Ta’lim to`g’risida»gi qonun 1992 yil qabul qilindi. Mustaqillikning 
dastlabki yillarida amalga oshirilgan islohatlarning eng muhim jihati-ta’lim 
mazmunini yangilashdan iborat bo`ldi. Mustaqillikdan avval umumta’lim 


533 
maktablarida O`zbekiston tarixi bor-yo`g’i 17 soat umumiy tarix tarkibida o`qitilar 
edi, mustaqillikka erishilgandan so`ng maktablarda alohida o`quv fani tariqasida 
joriy etilib 5-11 sinflarda jami 340 soat o`qitiladigan bo`ldi.
Mustaqillikning ilk yillarida 1994 yil 80 ming o`rinli 209 ta; 1995 yil 55 
ming o`rinli 134 ta; 1996 yil 64 ming o`rinli 198 ta yangi maktablar qurilib 
foydalanishga topshirildi. Eng zamonaviy ixtisosliklar bo`yicha yangi oliy o`quv 
yurtlari tashkil etildi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent 
aviasiya instituti, Navoiy kon-metallurgiya instituti; Harbiy, Ichki ishlar, Bank-
moliya akademiyalari; Toshket davlat elektrotexnika va aloqa texnikumi institutga 
aylantirildi.
Prezidentning 1992 yil 28 fevraldagi Farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika 
institutlariga Universitet maqomi berildi. Viloyatlarda oliy universal ta’limni joriy 
etishda AQSHning Kembrij shahridagi Garvard, Stenford, Priston; Buyuk 
Britaniyaning Oksford, Lid; Fransiyaning Strasburg, Lion, Dijon, Grenobl 
shaharlari nomi bilan ataluvchi universitetlari tajribasiga suyanib ish tutildi.
Xalq ta’limi xodimlari mustaqillikka erishilgach moddiy va ma’naviy 
rag’batlantirildi: 10 mingdan ortig’iga davlat uylari bepul xususiylashtirib berildi, 
22 mingdan ortiq xodimga tashkilot va muassasa tasarrufidagi uylar 
xususiylashtirib berildi, 50 mingdan ortiq pedagog xodimga shaxsiy qurilish uchun 
er maydonlari ajratildi. Pedagog xodimlarga kommunal to`lovlar uchun imtiyozlar 
berildi, qishloqlarda istiqomat qiladigan pedagog xodimlarning hammasi 
to`lovlardan ozod etildi, shaharliklar uning 50 %i miqdorida to`lab bordilar
keyinchalik bu imtiyozlar oylik maoshlarga qo`shib beriladigan kompenssasiya 
bilan almashtirildi.
Oliy Majlisning 1996 yil dekabrdagi Qarori bilan 1-oktyabr - «O`qituvchilar 
va murabbiylar kuni» deb belgilandi, bu kun bayram sifatida dam olish kuni deb 
e’lon qilindi.
«Ta’lim to`g’risida»gi (1992) Qonunga muvofiq umumiy o`rta ta’lim tarkib 
jihatdan 3 bosqichdan: boshlang’ich (1-4 sinflar); tayanch (5-9 sinflar; o`rta ta’lim 
(10-11 sinflar)dan tashkil topgan edi. Mazkur ta’lim tizimi bo`yicha eng asosiy 


534 
kamchilik o`sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlashga o`rgatish, mehnat 
faoliyatiga tayyorlash muammosi edi; aniq mutaxassislik yoki mehnat faoliyati 
ko`nikmalarini egallamagan 9-sinf (11-sinf ham) bitiruvchilari hayotda o`rin 
topolmayotgani kuzatildi. Mavjud ta’lim tizimining ikki joyida: tayanch (1-9 
sinflar) va o`rta ta’lim (10-11 sinflar); umumiy o`rta va o`rta maxsus ta’lim 
o`rtasida»uzilishlar» mavjudligi ma’lum bo`ldi.
Ta’lim to`g’risida»gi (1992) Qonun eski tuzum sarqitlarini ko`rsatib 
berishga, yangi tizimga o`tishga ko`prik vazifasini o`tadi. Ta’lim tizimini tubdan 
isloh qilish masalasini I.Karimov 1997 yil fevralda Vazirlar Mahkamasidagi 
yig’ilishda ko`tardi. I.Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangi «Ta’lim 
to`g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 1997 yil 29 avgustda 
Oliy Majlis 1-chaqiriq 4-sessiyasida qabul qilindi. YAngi Qonun bo`yicha ta’lim 
turlari: maktabgacha (6-7 yoshgacha), umumiy o`rta (9 yillik), o`rta maxsus, kasb 
hunar (3 yilik), oliy ta’lim, oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini 
oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’limdan iborat qilib belgilandi.
Uzluksiz ta’lim - maktabgacha ta’limdan boshlanadi, eski tizimda u 
«Maktabgacha tarbiya» deyilar edi, yangi tizimda «Maktabgacha ta’lim» deb 
nomlanib, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida «bog’cha» va 6-7 yoshgacha 
bolalarni tayyorlash ko`zda tutildi. Hozir respublikada maktabgacha ta’lim 
muassasasi soni 6899 ta, ularda 631 ming bola ta’lim-tarbiya olmoqda; ulardan 203 
tasi «Maktab-bog’cha» majmuasi, 186 tasi sanatoriya tipidagi maktabgacha ta’lim 
muassasalaridir.
Maktabgacha ta’limning qanday noan’anaviy turlari-xonadon bog’chalari, 
shanba va yakshanbalik maktablari, turli markaz va guruhlar tashkil etishga e’tibor 
berilmoqda. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ta’limning maktab bosqichiga 
tayyorlash bolalar bog’chalari, umumta’lim maktablari, mahalla guzarlari
maktabdan va sinfdan tashqari muassasalar qoshida tashkil etilgan qisqa muddatli 
guruhlarda «3-ming yillik bolasi» tayanch dasturi asosida amalga oshirildi.
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 24 iyundagi Qaroriga muvofiq 
xususiylashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari soni oshib bormoqda: 2003 


535 
yil 96 tasi xususiylashtirilgan, 2004 yil 1 yanvargacha jami 145 tasi faoliyat 
ko`rsatdi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling