Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Shaharsozlik va arxitektura qurilishi mustaqillik yillarida avj olib
Toshkent qiyofasi o`zgardi. Oliy Majlis, Oqsaroy qarorgohi, Temuriylar muzeyi, 544 “O`zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi, Toshkent shahar hokimligi, Turkiston saroyi, Respublika birja markazi, Biznes markaz, Markaziy bank, Milliy bank, Banklararo moliyaviy markaz, Xalqaro savdo-ko`rgazma majmuasi, Konservatoriya binosi, Tata, Interkontinental, Toshkent-Sheraton mehmonxonalari qurildi. Oloy, Chorsu, Otchopor, Yunusobod, Mirobod, Parkent, Quyliq bozor binolari barpo etildi. Sportni ommaviy rivojlantirish uchun 1992 yil 5 fevralda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to`g’risida”gi Qonun keng imkoniyat yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshootlari barpo etildi, ularda 7 mln. kishi shug’ullanmoqda. O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi 1992 yil yanvarda tuzildi va 1993 yil sentyabrda xalqaro olimpiya qo`mitasining 101-sessiyasida rasmiy etirof etildi. Toshkentda 1996 yil 14 avgustda olimpiya muzeyi ochildi. Barselonada 1992 yil o`tkazilgan Olimpiya o`yinlarida o`zbek sportchilari 3 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo`lga kiritdi. O`zbekiston boks komandasi 1999 yil avgustda Amerikaning Xyuston shahrida o`tkazilgan X-Jahon chempionatida 83 mamlakat orasida AQSH va Kuba komandalaridan keyin faxrli 3-o`rinni egalladi. M.Abdullaev va O`.Haydarov oltin, T.Turg’unov kumush medali sohibi bo`ldi. Avstraliyaning Sidney shahrida 2000 yil o`tkazilgan 27-yozgi Olimpiada o`yinlarida M.Abdullaev oltin, S.Mixaylov va R.Saidov bronza, kurashchi A.Taymazov kumush medalini qo`lga kiritdi. R.Chagaev Germaniyaning SHtutgard shahrida 2007 yil 14 aprelda professional boksning VBA yo`nalishi bo`yicha jahon chempioni N.Valuev bilan bellashib g’alaba qozondi va o`ta og’ir vazn toifasi bo`yicha jahon chempioni unvonini qo`lga kiritdi. Tennis turi ham rivojlanib, 168 ta tennis korti barpo etildi, zamonaviy YUnusobod saroyida 1994-2002 yy. Prezident kubogi uchun 9 marta xalqaro tennis musobaqalari o`tkazildi. I.To`laganova 1999 yil iyulda Londonda o`tgan tennis bo`yicha yoshlar xalqaro turnirida uimbldon turnirida g’olib chiqib, kumush kubokning kuchaytirilgan nusxasini qo`lga kiritdi. O`zbek sportchilari 1994 yil Xirosimada o`tkazilgan Osiyo o`yinlarida jami 40 ta, jumladan 10 ta oltin medal 545 sohibi bo`ldi. Alpinistlarimiz 1998 yil mayda Himolay tog’ining eng baland “Everest” cho`qqisiga chiqdi. Karate bo`yicha 1999 yil Germaniyada yoshlar o`rtasida bo`lgan xalqaro turnirda 200 mamlakatdan 900 nafar sportchi qatnashib, O`zbekiston komandasi faxrli 3-o`rinni egalladi. O`zbek sportchilari 2002 yil 29 sentyabr-14 oktyabrda Janubiy Koreyaning Pusan shahrida bo`lgan Osiyo o`yinlarida sportning 24 turi bo`yicha qatnashib 15 ta oltin, 12 ta kumush, 24 ta bronza medalini qo`lga kiritib, 40 dan ortiq mamlakat orasida faxrli 5-o`rinni egalladi. Milliy o`zbek kurashi mustaqillik tufayli tiklanib 1992 yil Termiz va SHahrisabzda dastlabki xalqaro musobaqa o`tkazildi; milliy kurash xalqaro sport turlari qatoridan o`rin oldi. Toshkentda 1999 yil mayda 50 dan ortiq mamlakat sportchilari ishtirokida kurash bo`yicha 1-jahon chempionati bo`lib o`tdi. O`zbek kurashchilari 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo`lga kiritdi, Akobir, Kamol, Toshtemir polvonlar jahonga mashhur bo`ldi. Xalqaro kurash assosiasiyasi tuzildi, uning faxriy Prezidenti etib I.Karimov saylandi. 2000-2002 yy. Bedford shahrida 3 marta I.Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turnir bo`lib o`tdi. 2002 yil oktyabrda Xalqaro kurash assosiasiyasi Xalqaro sport federasiyasi a’zoligiga qabul qilindi. Shaxmat bo`yicha R.Qosimjonov 2004 yil Liviya poytaxti Tripolida bo`lgan jahon chempionatida jahon chempioni bo`ldi, unda 56 mamlakatdan 128 nafar shaxmatchi qatnashdi. O`zbekiston sportchilari 1991-2005 yy. xalqaro va turli musobaqalarda qatnashib 5457 ta oltin, kumush va bronza medallarini qo`lga kiritdi. Milliy futbol hakamlari maktabini rivojlantirishda O`zbekiston futbol federasiyasining xalqaro toifadagi hakami, FIFA referesi R.Ermatov “O`zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan mukofotlandi. Tayanch so`zlar: «Ta’lim to`g’risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «O`qituvchilar va murabbiylar kuni», “Ta’limning o`zbek modeli”, “O`zbekiston–Vatanim manim”, “SHarq taronalari”, Tarixiy shaharlar ro`yxati, Milliy o`zbek kurashi, R.Qosimjonov, R.Ermatov. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling