Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet373/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Hamkorlik tashkiloti – ShHT deb o`zgartirildi, O`zbekiston uning asoschilaridan 
biri bo`ldi. Sammit yakunida (2001, iyun) Shanxay Hamkorlik tashkiloti tuzish 
to`g’risida deklorasiya hamda terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi 
kurash borasidagi Shanxay konvensiyasi imzolandi.
ShHT doirasida a’zo mamlakatlar tuzgan Tashqi ishlar vazirlarining 
Kengashi, Mudofaa vazirliklarining Kengashi faoliyat yuritmoqda. Hamkorlik 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish 
maqsadida 
a’zo 
davlatlarning 
Milliy 
muvofiqlashtiruvchilar Kengashi (MMK) tashkil etildi. MMK 2001 yil iyunda 
Tashqi ishlar vazirlari imzolagan nizom asosida ishlamoqda. CHegara xizmatlari - 
terrorchilik, g’ayriqonuniy muhojirlik, narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi 
kurash bo`yicha harakatlarni muvofiqlashtirish masalalari 2002 yil 24 aprelda 
Almatida bo`lgan a’zo davlatlar chegara xizmatlari rahbarlarining uchrashuvida 
kelishib olindi.
ShHTga a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Sankt-Peterburg sammiti 
yakunida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Deklorasiyasi, tashkilotning ta’sis 
hujjati – ShHT Xartiyasi, ShHTga a’zo davlatlar o`rtasida Mintaqaviy antiterror 
tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. ShHTning doimiy idoralari – Pekinda 
Kotibiyat va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya 
qo`mitasini ishga tushirishga 2003 yil 29 mayda Moskva sammitida qaror qilindi, 
bu tashkilotlar 2004 yil yanvardan ish boshladi. Ko`p tomonlama hamkorlikning 


552 
uzoq muddatli Dasturi 2003 yil sentyabrda Pekinda bo`lgan ShHT davlatlari 
hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) Kengashining qarori bilan ishlab chiqildi va 
tasdiqlandi.
ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining 2004 yil 17 iyunda Toshkent 
Sammitida ikki asosiy masala – xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha 
muzokara bo`ldi. Unda 2004 yil martda O`zbekistonda sodir etilgan terrorchilik 
harakati butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgani 
qayd etildi. Sammit yakunida tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir jami 10 
ta hujjat: Toshkent deklarasiyasi, ShHTning vakolatlari va immunitetlari 
to`g’risidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy 
aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to`g’risidagi bitim imzolandi.
Toshkentda 2010 yil 11 iyunda ShHT Davlat rahbarlari kengashining 10-
majlisida mehmon va kuzatuvchi maqomida Turkmaniston, Pokiston, Mo`g’uliston 
Prezidentlari, hamda Eron va Hindiston tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi. 
Tayanch so`zlar: BMT, K.Annan, Pan Gi Mun, BMT Bosh Assambleyasi 
48-sessiyasi, “6+2” guruhi, YUNESKO, F.Mayor, “Ipak yo`li–muloqot yo`li”, 
EXHT, Y.Kubish, “Tinchlik dasturi”, Shanxay Hamkorlik tashkiloti. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling